Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida "Hozirgi kunda o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining o‘rni" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

21 Nov, 2025 - 09:00
7
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida "Hozirgi kunda o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining o‘rni" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

seminar

Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining "Xalq cholg‘ulari ijrochiligi" bo‘limi o‘qituvchisi M.Mirzayeva tomonidan "Cholg‘ushunoslik" fanidan "Hozirgi kunda o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining o‘rni" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida Xalq cholg‘ulari orkestri – milliy musiqiy merosni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazishda muhim vosita ekanligi, Cholg‘ushunoslik fani orqali o‘quvchilar cholg‘ularning tarixi, tuzilishi va ijro uslublarini chuqur o‘rganib kelayotganligi hamda nazariy bilimni amaliy tajriba bilan bog‘lab, ijrochilik mahoratini oshirayotganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Cholg‘ushunoslik fani

  • Madaniy tadbirlar va bayramlarda xalq ruhini ko‘taruvchi asosiy musiqiy kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda.
  • Yosh ijrochilarni tarbiyalashda milliy cholg‘ular orkestri ularga sahna tajribasi va ansambl madaniyatini o‘rgatib kelmoqda.
  • Xalqaro miqyosda o‘zbek musiqasini tanitishda orkestrlar milliy san’at elchisi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shunday tadbirlar nafaqat o‘quvchilarning bilimini kengaytiradi, balki milliy musiqaga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlaydi.

Seminar davomida ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash