Jizzax viloyati ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasida Sharof Rashidov tavalludining 108 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi
06 Nov, 2025 - 10:00
15
davra suhbati
2025-yil 5-noyabr kuni Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida Davlat va jamoat arbobi, atoqli adib Sharof Rashidov tavalludining 108 yilligi munosabati bilan "O‘zbekni ulug‘lagan davlat arbobi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davra suhbatida Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti professori, filologiya fanlari doktori Usmonjon Qosimov, Jizzax "Sambhram" universiteti falsafa fanlari doktori, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nilufar Allamuratova, Sh.Rashidov uy muzeyi ilmiy xodimi Xadicha Sodiqovalar ishtirok etdi.
Tadbirda Sharof Rashidovning hayoti, adabiy faoliyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida atroflicha gapirib o'tildi. Shuningdek, Sh.Rashidovning ijodiy merosi, o‘zbek adabiyoti va ma’naviyatidagi beqiyos hissasi, xalqona asarlarida yaratilgan milliy g‘oya va qadriyatlar xususida ishtirokchilar tomonidan mulohazalar olib borildi.
Davra suhbati davomida Sharof Rashidovning mashhur asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi hamda tadbir ishtirokchilari tomonidan adib merosini keng targ‘ib qilish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.