Olmachi MFY hududidagi harbiy qismda "To‘da" spektakli namoyish etildi.
03 Nov, 2025 - 09:00
17
Spektakl...
Joriy yilning 31 - oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Olmachi MFY hududidagi Mudofaa Vazirligiga qarashli 25931 harbiy qismda "To‘da" spektakli namoyish etildi.
Nasrulla Qobil asari asosida rejissyor Ilhom Normatov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda global muammolardan biri bo‘lgan giyohvandlik, unga bo‘lgan qaramlik, ushbu illatga qarshi kurash, buning sabab va oqibatlari hikoya qilinadi.
Mazkur tomoshani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarning ma’naviy dunyosini yanada boyitish, ularga mazmunli hordiq taqdim etishdan iborat bo‘ldi.
Spektakl harbiy xizmatchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. Tomosha jarayonida teatr ijodkorlarining mahorati, sahna madaniyati yuqori baholandi. Tadbir so‘ngida harbiy qism xizmatchilari teatr jamoasiga minnatdorlik bildirdilar.
Jizzax viloyat musiqali drama teatri tomonidan bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamkor tashkilotlar bilan kelishilgan holda davom ettirilmoqda.