Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

29 Oct, 2025 - 09:30
23
Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

Ochiq_dars

Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 28-oktabr kuni Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabining Fortepiano yo‘nalishi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining  "Musiqashunoslik va fortepiano ijrochiligi" bo‘limi o‘qituvchisi S.Ibadov tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars jarayonida o‘quvchilar uchun chalish mahorati namoyish etilib, turli musiqiy asarlarni ijro etish orqali bilim va qobiliyatlari rivojlantirildi.

Shuningdek, dars davomida 

  • Fortepianoning tuzilishi va tovush chiqarish harakatlari
  • Nota savodi va musiqiy yozuvlarni o‘qish
  • Qo‘l holati va barmoqlar texnikasi
  • Mashhur bastakorlarning asarlarini tahlil qilish va ijro etish
  • Dinamika, temp va ifoda qo‘llashni to‘g‘ri qo‘llash
  • Mustaqil asar tayyorlash va sahna madaniyati o‘quvchilarga tushuntirib berildi.

Ushbu ochiq dars orqali o‘quvchilar nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy ijro mahoratini ham oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash