"Madaniyat markazlari faoliyatini samarali tashkil etishdagi tavsiyalar" mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi.
28 Oct, 2025 - 13:00
39
Master-klass
Bugun, 28-oktabr kuni Zarbdor tuman 17-son madaniyat markazida "Madaniyat markazlari faoliyatini samarali tashkil etishdagi tavsiyalar" mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi.
Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i M.Igamkulov, boshqarma boshlig‘I o‘rinbosari V.Egamov, bo‘lim boshligi R.Inamov, bosh mutaxassis S.Musayev hamda shahar va tumanlardan tashrif buyurgan badiiy rahbar, rejissyor, madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan master-klassda madaniyat markazlarining asosiy vazifalarini bajarish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, xodimlar shaxsiy ish rejalari va hisobotlar yuritish bo‘yicha Zarbdor tumani tajribasi o‘rganildi.
Master-klass davomida Zarbdor tuman 17-son madaniyat markazining badiiy rahbari, rejissyori, madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan madaniyat markazlarida dasturlar, tadbirlar rejalari, xodimlar shaxsiy ish rejalari va hisobotlarini yuritish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Shundan so‘ng tuman madaniyat markazi ijodiy jamoasi tomonidan ishtirokchilarga konsert dasturi namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu master-klass O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 28-avgustdagi “Jizzax va Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmalari faoliyatini kompleks rivojlantirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida amalga oshirilmoqda.