"Maktab yulduzi" tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tdi

28 Oct, 2025 - 11:25
14
"Maktab yulduzi" tanlovining 2-bosqichi bo'lib o'tdi

tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.11.2024-yildagi PQ-391-son qaroriga asosan yosh iqtidorlarni kashf etish va ularning ijodini keng targ‘ib etish maqsadida "Maktab yulduzi" tanlovi o‘tkazilmoqda.

Tanlovning 2-bosqichiga Sh.Rashidov tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi mezbonlik qildi. Ushbu bosqich maktablar kesimida Sh.Rashidov tumanidagi 5-22-1-48-maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarning ijodiy ishlarini O‘zbekiston davlat filarmoniyasi direktor o‘rinbosari Sanjar Xolxodjayev, bosh mutaxassis Muhammadjon Yakubjanov va bo‘linma xonandasi Adhambek To‘ychiyev hamda bo‘linma balet artisti Nozima Maxkamovalar hakam sifatida baholab bordilar.

Tanlov yakunida eng munosiblarga keyingi bosqichga yo‘llanmalar taqdim etildi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash