O’zbek tili bayrami Jizzax viloyatida keng nishonlandi
22 Oct, 2025 - 11:00
14
Tadbir
O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda 21-oktabr - O’zbek tili bayrami kuni Jizzax viloyatida keng nishonlandi.
Sana munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida ta’lim muassasalarining mehnat jamoalari, o‘quvchilari va talabalari ishtirokida adabiy-musiqiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tili tarixi, uni sofligicha saqlash, kelajak avlodlarimizga yanada boyitgan holda yetkazib berish va bu borada olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar haqida ma’ruzalar qildilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar, ijodkor yoshlar va teatr aktyorlari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘linmasi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Jizzax viloyat hududiy bo‘limi xonanda va sozandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.