SH.Rashidov tumanida “Maktab yulduzi” tanlovining maktab bosqichi yakunlandi

20 Oct, 2025 - 12:00
27
SH.Rashidov tumanida “Maktab yulduzi” tanlovining maktab bosqichi yakunlandi

tanlov

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning iste’dodi va salohiyatini rо‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlarini amalga oshirish doirasida 2025-yil 15–18 oktabr kunlari SH.Rashidov tumanidagi 60 ta umumta’lim maktablarida “Maktab yulduzi” kо‘rik-tanlovining maktab bosqichi tashkiliy va badiiy jihatdan yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi — iqtidorli, san’atga mehr qо‘ygan, estetik dunyoqarashi yuqori bо‘lgan о‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish va qо‘llab-quvvatlash, madaniyat va san’at sohalaridagi qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, yosh avlod о‘rtasida milliy qadriyatlar va an’analarni targ‘ib etishdan iboratdir.
Tanlov "An’anaviy va estrada xonandaligi", "Cholg‘u ijrochiligi", "Raqs" va "Tasviriy san’at" yо‘nalishlarida tashkil qilinib, unda jami 3695 nafar о‘quvchilar о‘z iqtidorini namoyon etdi. Ular orasidan saralab olingan 742 nafar iqtidorli о‘quvchilar mahalla bosqichida ishtirok etishi uchun tavsiya etildi.
Shundan, an’anaviy xonandalikdan 69 nafar, estrada xonandalikdan 65 nafar, an’anaviy cholg‘u ijrochilikdan 62 nafar, estrada cholg‘u ijrochilikdan 39 nafar, raqs yо‘nalishidan 334 nafar, tasviriy san’at yо‘nalishidan 173 nafar о‘quvchilar qatnashdilar.
Tanlovning adolatli, shaffof va yuqori saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilib, har bir maktabda о‘tkazilgan tanlov jarayonlariga viloyatdan taniqli va tajribali xonandalar, sozandalar va baletmeysterlar jalb etildi. Ular hakamlar hay’ati a’zolari sifatida faoliyat olib borib, ishtirokchilarning ijodiy chiqishlarini xolisona baholadilar.
Ishtirokchilar qо‘shiq ijrosi, sahna madaniyati, libos stilistikasi, cholg‘u asboblaridan foydalanish mahoratlari, raqs texnikasi va tasviriy asarlardagi kompozitsiya, ranglar uyg‘unligi kabi mezonlar asosida baholandi.
О‘tkazilgan tanlovlarni shaffof о‘tkazish maqsadida har bir maktablarga viloyatdan taniqli xonanda va sozanda va baletmeysterlar Hakamlar hay’ati a’zoligiga jalb etilib, tanlov g‘oliblariga maktabning 1, 2, 3-darajali diplomlari topshirildi.
Tanlov jarayonlari va g‘oliblarning chiqishlari xalq ta’limi hamda yoshlar agentligi tuman bо‘limlari, viloyat madaniyat boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlarning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida keng yoritildi. Shuningdek, viloyat televideniyesi orqali tanlovning yorqin lahzalaridan lavhalar namoyish etildi.
 

 

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash