“Fortepiano” yo‘nalishi fan oyligi munosabati bilan seminar

20 Oct, 2025 - 10:00
13
“Fortepiano” yo‘nalishi fan oyligi munosabati bilan seminar

seminar

Joriy yilning 20-oktabr kuni Forish tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Fortepiano” yo‘nalishi fan oyligi munosabati bilan “Lyudvig van Betxoven hayoti va ijodi’’ ga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida “Fortepiano” sinfi o‘qituvchisi Venera Kuybakarova tomonidan  Lyudvig van Betxovenning hayoti va ijodi haqida o‘quvchilarga qisqacha ma’lumot berib, uning yaratgan yirik asarlari, asarlarning kelib chiqish tarixi, uning inson ongiga ta’siri hamda ichki kechinmalarini musiqa orqali yoritilishi, bolalar musiqa va san’at maktablarida fortepiano chalishni o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, seminar davomida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga V.Kuybakova tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash