2025/2026-o'quv yilida bolalar musiqa va san'at maktablarining faoliyati bo'yicha yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

06 Sep, 2025 - 09:40
22
2025/2026-o'quv yilida bolalar musiqa va san'at maktablarining faoliyati bo'yicha yig'ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilish

2025-yil 5-sentabr kuni  Paxtakor tumani 14-son bolalar musiqa va san’at  maktabida “2025/2026-o'quv yilida bolalar musiqa va san'at maktab o'quv-tarbiyaviy ishlarini tashkil etish, ta'lim sifati hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarini ishlab chiqarishni yaxshilash”ga bag'ishlangan an’anaviy avgust Kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i, huquqshunosi, ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mutaxassis,  bolalar musiqa va san’at maktablari direktori hamda o'quv-tarbiyaviy ishlarga mas'ul o'rinbosarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida kun tartibida masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan:

  • yangi o'quv yilida o'quv-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish, ilg'or pedagogik tajribalarni joriy etish;
  • o'quv dasturlari va metodik qo'llanmalarni yangilash, ta'lim sifatini doimiy nazorat qilish;
  • iqtidorli o'quvchilarning qobiliyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida Respublika va xalqaro tanlov va festivallarda doimiy ishtirokini ta’minlahs hamda ularni qo'llab-quvvatlash;
  • ma’naviy-madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni yosh avlodni yetkazish;
  • o'qituvchilarning malakasini oshirish va zamonaviy ta'lim shakliga o‘tish.

Shuningdek, yig‘ilish davomida ta'lim sifati va tarbiyaviy jarayonlarni yangi bosqichga ko'tarish, o'quvchilarning ijodiy ishlarini ro'yobga chiqarish hamda san'atga bo'lgan yuksalishlarini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.


Jizzax viloyati
madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash