Arnasoy tuman 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida birinchi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.
03 Sep, 2025 - 16:40
17
Tadbir
Kecha, 2-sentabr kuni Jizzax viloyati Arnasoy tuman 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida birinchi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda maktab direktori Botir Husanov so‘zga chiqib, barchani Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan tabrikladi, hamda 2025/2026-o‘quv yilida barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarga ulkan zafarlar tiladi.
Tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Shundan so‘ng maktab direktori boshchiligida mustaqillik dars jarayonlari kuzatildi.