Mini-futbol bo'yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi g'oliblari tantanali taqdirlandi

18 Aug, 2025 - 10:00
45
Mini-futbol bo'yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi g'oliblari tantanali taqdirlandi

sport

Avvalroq, madaniyat boshqarmasi va tizimdagi tashkilotlar o‘rtasida sportning mini-futbol, turi bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Joriy yilning 15-16 – avgust kunlari bo‘lib o‘tgan musobaqada 10 ta jamoa o'zaro bellashdilar.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Paxtakor tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi III, Zafarobod tumani 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi II va Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi jamoasi faxrli I o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Igamkulov Muhammadjon Mamasaidovich ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi hamda I, II, III o‘rin sohiblariga diplom, qimmatbaho sovg'alar va maxsus kubogni topshirdi.

Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi a’zosi Dilshod Sindorov, “Eng yaxshi to‘purari” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi jamoasi a’zosi Javohir Normatov, “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyasi boְ‘yicha Zafarobod tumani 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi a’zosi Ulug‘bek Urakovlar ham munosib taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida: Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son, “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 2-maydagi 219-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan tashkil etildi.

 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash