“Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasiga start berildi.
16 Aug, 2025 - 10:00
32
sport
Avval xabar berganimizdek, 15-avgust kuni sportning mini-futbol turidan “Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i kubogi” musobaqasiga start berildi.
Musobaqaning birinchi bosqichida 10 ta jamoa o'zaro bellashdilar. G'olib bo'lgan 5 ta jamoa ikkinchi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Musobaqa hali yakuniga yetgani yo‘q.
Bugun, 16-avgust kuni musobaqaning ikkinchi bosqichi ya’ni, yarim final va final bosqichlari hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan musobaqa kubogi, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi to‘purari”, “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyalari boְ‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi.
Musobaqaning maqsadi madaniyat xodimlarini mini-futbol sport turiga jalb qilish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va salomatligini mustahkamlashdan iborat.