Mustaqillik — eng ulug‘ ne’mat!
13 Aug, 2025 - 09:01
24
Konsert
Mustaqillik — eng ulug‘ ne’mat!
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Zafarobod tuman Yorqin mahallasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida, "Umummilliy birdamlik festivali" loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahallalaridan faollar, yoshlar va nuroniylar ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyoti, milliy qadriyatlar va ma’naviy meros haqida samimiy fikr almashdilar.
Madaniy dastur doirasida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi “Lazgi” ansamblining gala-konserti bo‘lib o‘tdi. Qo‘shiq va raqslar tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashdi, barchaga manzur bo‘ldi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarimizda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.