Iyul oyida Madaniyat va san'at sohasida qanday yangiliklar bo‘ldi?

31 Jul, 2025 - 16:50
31
Iyul oyida Madaniyat va san'at sohasida qanday yangiliklar bo‘ldi?

Dayjest

Iyul oyida Madaniyat va san'at sohasida qanday yangiliklar bo‘ldi?
Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasining oylik dayjesti
 
1. Sharof Rashidov tumani 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:
 
2. Jizzax viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining “Kitob fondini to‘ldirish va kitoblarga ishlov berish bo‘limi” mudiri M.Axmedova "Axborot -kutubxona a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
 
3. 2-iyul kuni Forish tumani madaniyat bo‘limining “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi rejasiga asosan Badiiy tashviqot guruhi tomonidan maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Forish tumani 30-son madaniyat markazida  "Birgalikda kuylaymiz" nomli madaniy konsert tadbiri tashkil etildi.
 
4. Baxmal tumanining "Istiqlol" mahallasida aholining kayfiyatini yanada ko‘tarish  maqsadida katta gala konsert tashkil etildi.
 
5 Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi sohasida 2025-yilning 2-choragi davomida  amalga oshirilgan ishlar tahlili bilan yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.
 
6. Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazi qoshidagi "Oypari" folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Zomin tumani "Duoba" turizm maskanida joylashgan "Ming yillik archa" dam olish majmuasida aholi va ichki turizm vakillari uchun o‘z konsert dasturlarini namoyish etishdi.
 
7. 2025-yil 3-iyul kuni Forish tumani madaniyat bo'limining “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi rejasiga asosan Badiiy tashviqot guruhi tomonidan maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Qo'lba" mahallasi hududidagi 12-sonli maktabda "Yozni biz bilan" nomli madaniy konsert tadbiri tashkil etildi.
 
8. Jizzax viloyat musiqali drama teatrida "Yarim tundagi o'g'irlik" spektaklining jamoatchilik ko'rigi o'tkazildi.
 
9. 4-iyul kuni Paxtakor tumani 24-son madaniyat markazida "Ochiq eshiklar kuni"  tadbiri tashkil etildi.
 
10. 2025-yil 4-iyul kuni Forish tumani madaniyat bo‘limining “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi rejasiga asosan Badiiy tashviqot guruhi tomonidan maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Oqtepa" mahallasi hududidagi 6-maktabda "Qo‘shiqlarda Vatan madhi" nomli madaniy konsert tadbiri tashkil etildi.
 
11. 4-iyul kuni Paxtakor tumanidagi “Mo‘jiza” istirohat bog‘ida “Askiya va qiziqchilar sayli” nomli kulgu kechasi bo‘lib o‘tdi.
 
12. 4-iyul kuni Zomin tumani 20-son madaniyat markazi tasarrufidagi "Zomin Sayqali" folklor-etnografik xalq jamoasi tomonidan Zomin tumanidagi "Suffa 2400" dam olish maskanida joylashgan "Baxt ko‘prigi" turizm obyekti konsert dasturi namoyish etildi.
 
13. Jizzax viloyati Forish tumani 30-son madaniyat markazida yoshlar o‘rtasida  tashkil etilgan "Qo‘limdan tut dugonajon" tadbirida tuman badiiy havaskorlari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.
 
14. Baxmal tumani 6-son madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan  “Oqtosh" namunali bolalar folklor jamoasi “Bolajon” telekanalining “Bolajon shou”  ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
 
15. Jizzax viloyati Baxmal tumani 6-son madaniyat markazida “Yozgi iqtidorlar” Respublika festivaliga start berildi.
 
16. 10-iyul kuni Jizzax viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi xodimlari tomonidan 29-manzilli koloniyada kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar sharhiga bag‘ishlangan ko‘chma ko‘rgazma tashkil etildi.
 
17. Arnasoy tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan "Yozgi iqtidorlar" respublika festivalining Arnasoy tuman bosqichiga start berildi.
 
18. Vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Jizzax viloyatida bo'lib, bir guruh fuqarolar va yoshlarning muammolarini o‘rgandi.
 
19. Mirzacho‘l tumani 27-sonli Madaniyat markazi ijodiy jamoasi tomonidan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inida "Yoshlar oqshomi" nomli konsert dasturi tashkil etildi.
 
20. Mamlakatimiz bo‘ylab e’lon qilingan "Dolzarb 90 kun" doirasida Baxmal tumani "Do'stlik" mahallasida Yoshlar oqshomi tadbiri bo'lib o'tdi
 
21. Sharof Rashidov tumani 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi, “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” sohibasi M. Abdurazzoqova hamda uning o‘quvchilari “Toshkent” telekanalining “Salom Toshkent” ko‘rsatuvida ishtirok etishdi.
 
22. 2025-yil 11-iyul kuni Forish tumani madaniyat bo‘limining “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi rejasiga asosan “Garasha” mahallasida joylashgan 10-son hamda 14-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Kichkintoy" xalq havaskorlik qo‘g‘irchoq teatri tomonidan yozgi sog‘lomlashtirish oyligiga mo‘ljallangan tomosha dasturlari namoyish etildi.
 
23. Arnasoy tumani madaniyat bo‘limi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni ” Respublika festivalining ochilish tantanasi o‘tkazildi!
 
24. «Jizzax haqiqati» gazetasining 2025-yil 12-iyul  kungi  №57 (6622) yangi sonida Baxmal tumani 6-son madaniyat markazi qoshida faoliyat olib borayotgan “Barlos” folklor etnografik xalq ansambli faoliyatidan “Barlosning barchinoylari”nomli maqola chop etildi.
 
25. 12-15–iyul kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida “Biz baxtli bolalarmiz” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.
 
26. "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan "Ayiq" nomli spektakl namoyish etildi.
 
27. Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazi qoshidagi "Oypari" folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Zomin tumani "Duoba" turizm maskanida joylashgan "Ming yillik archa" dam olish majmuasida aholi va ichki turizm vakillari uchun o‘z konsert dasturlarini namoyish etishdi.
 
28. «Forish tongi » gazetasining 2025-yil 12-iyul  kungi  №13-sonida Forish tumani 30-son madaniyat markazi qoshida faoliyat olib borayotgan unvonga ega jamoalar haqida “Hisobot konserti namoyish etildi” nomli maqola chop etildi.
 
29. Yangiobod tumani 37-son madaniyat markazi qoshidagi "Uzumchi" folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi Zomin tumani "SUFA" turizm maskanida joylashgan dam olish majmuasida aholi va ichki turizm vakillari uchun o‘z konsert dasturlarini namoyish etishdi.
 
30. Baxmal tumani 6-son bolalar musiqa va san’at maktabining “Baxshichilik san’ati” sinfi  o‘qituvchisi Orif Bekamov hamda o‘quvchisi Oybek Shermatovlar Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tonggi musiqiy dam olish dasturida ishtirok etishdi.
 
31. 15-iyul kuni Jizzax shahar Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan Zomin tumaning tog‘li hududida joylashgan “Zomin sanatoriyasi”da madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
 
32. Bag‘ri keng diyor
 
33. 16-iyul kuni Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jizzax shahar Kengashi raisi B.Avazova bilan "Tabiat uchun birlashaylik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 
34. 17-iyul kuni Baxmal tumani 6-son madaniyat markazida 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan  havaskor ijodkorlar ishtirokida "Eng chiroyli milliy Dilxiroj" va "Eng chiroyli milliy Tanovar" raqs tanlovlari bo‘lib o‘tdi.
 
35. Sharof Rashidov tumani Madaniyat bo‘limi faoliyati televideniye orqali yoritildi.
 
36. O‘zbek milliy maqom san’ati markazi viloyat bo‘limi xonandasi Azizbek Masharipov hamda sozanda Dilshod Tirkashovlar Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tonggi musiqiy dam olish dasturida ishtirok etishdi.
 
37. Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining yana bir o‘qituvchisi "Yuksak ehtirom" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
 
38. 21-iyul kuni Zarbdor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yozgi iqtidorlar” festivali bo‘lib o‘tdi.
 
39. Baxmal tumani 6-son madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Barlos”  folklor etnografik xalq jamoasi faoliyati Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Sayqal” ko‘rsatuvi orqali yoritildi.
 
40. 24-iyul kuni Zarbdor tumani madaniyat bo‘limi tomonidan “Yozgi iqtidorlar” festivali doirasida “Raqs san’ati” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
 
41. 25-iyul kuni Paxtakor tumani 24-son  madaniyat markazi tomonidan tuman markazidagi "Yoshlar saylgohi"da "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Yozgi iqtidorlar" festivali o‘tkazildi.
 
42. G‘allaorolda “Eng chiroyli tanovar” raqsi, “Eng chiroyli dilxiroj” raqsi tanlovlari bo‘lib o‘tdi...
 
43. Jizzaxda "Do‘stlik festivali"ga start berildi.
 
44. 2025-yilning 26-iyul kuni Zarbdor tuman madaniyat bo‘limi tomonidan 17-son madaniyat markazida "Yozgi iqtidorlar" respublika festivali hamda “Dolzarb 90” kun  doirasida kitobxonlik bayrami o‘tkazildi.
 
45. Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Otamurod Xolmirzayev Jizzax viloyat televideniyesining “Bugun oqshomda” ko‘rsatuvida ishtirok etdi.
 
46. Paxtakorda "Do‘stlik festivali: Qardosh xalqlarning madaniyati va birdamligi"
 
47. 30-iyul kuni Zomin tumani 20-son Madaniyat markazi tasarrufidagi "Zomin Sayqali" folklor etnografik xalq jamoasi "Sharshara" turizm obyektida mahalliy va xorijiy mehmonlarga o'zining teatrlashtirilgan konsert dasturini namoyish etdi.
 
48. Forish tumani 30-son madaniyat markazida "30-iyul - Xalqlar  do‘stligi kuni" munosabati bilan "O‘zbekiston yagona Vatan" nomli bayran tadbiri nishonlandi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash