Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasiga boshliq tayinlandi

25 Jul, 2025 - 10:00
22
Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Tayinlov

Madaniyat vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishida tayinlovlar amalga  oshirildi.

Unga ko‘ra, Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i etib - Igamqulov Muhammadjon Mamasaidovich tayinlandi.

M.Igamqulov - tayinlovga qadar Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi yetakchi о‘qituvchi, Dо‘stlik tuman 3-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis, Zafarobod tuman 9-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori hamda 2024-yildan hozirgi vaqtga qadar Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash