Zarbdorda “Yozgi iqtidorlar” festivali bo‘lib o‘tdi.

22 Jul, 2025 - 09:35
24
Zarbdorda “Yozgi iqtidorlar” festivali bo‘lib o‘tdi.

festival

Kecha, 21-iyul kuni Zarbdor tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yozgi iqtidorlar” festivali bo‘lib o‘tdi.

Zarbdor tuman Madaniyat bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan festivalining ochilish marosimi katta tantana bilan o‘tkazildi.

Festival doirasida tumanning markaziy ko‘chalarida iqtidorli yoshlar ishtirokida parad tashkil etilib, bu yurish bayramona ruhda o‘tdi va ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir, 17-son madaniyat markazida davom etdi. Unda ota-onalar va yoshlar festivalning maqsadi, yo‘nalishlari va berayotgan imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. 

Festival — bu iste’dod va mehnatsevarlik bayrami, yangi yutuqlar sari ilk qadamlardir.

Yosh iste’dod egalari sahnada o‘z san’at va mahoratini namoyon etib, barchaga yorqin onlarni tuhfa etishdi.

Faol ishtirok etgan yoshlar va ularning ota-onalari esa “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

 

Jizzax viloyati
Madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash