​​​​​​​Iyun oyida Madaniyat va san'at sohasida qanday yangiliklar bo‘ldi?

30 Jun, 2025 - 10:46
33
​​​​​​​Iyun oyida Madaniyat va san'at sohasida qanday yangiliklar bo‘ldi?

Dayjest

️Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasining oylik dayjesti

1.Yangiobod tumanidagi 19-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31438)

2. Joriy yilning 2-iyun kuni Jizzax shahar 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabida 2024/2025 o‘quv yili bitiruvchilariga o‘qishni tamomlaganlik haqida guvohnomalar topshirildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31460)

3. Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Enalar”  folklor jamoasi faoliyati Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining “Sayqal” ko‘rsatuvi orqali yoritildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31467)

4. Mirzacho‘l tumanidagi 13-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2024/2025 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilarga guvohnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31468)

5. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar ovozi-2025” respublika tanlovida Baxmal tumani 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi “Baxshichilik san’ati sinfi”  o‘quvchisi Oybek Shermamatov munosib ishtirok etib, tanlovning maxsus sertifikat va 10 000 000 (o‘n million) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31500)

6. 4-iyun kuni Jizzax shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2024/2025 o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘qituvchi va jo‘rnavozlar uchun 5-sonli pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31504)

7. Arnasoyda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Karvonsaroy” spektakli namoyish etildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31517)

8. Joriy yilning 4-iyun  kuni Zomin tumani 20-son madaniyat markazi qoshidagi "Zomin sayqali" folklor etnografik xalq ansamblining hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31524)

9. 5-iyun kuni Arnasoy tuman 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida 2024/2025 o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘qituvchi va jo‘rnavozlar uchun navbatdagi pedagogik kengash yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31543)

10. 5-iyun kuni Forish tumani madaniyat bo‘limi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 1-umumta’lim maktabida "Bog‘don" folklor etnografik xalq ansambli va "Parvoz" ashula va raqs xalq ansambli ishtirokida "Salom yoz, salom ta’til" mavzusida madaniy tadbir tashkil etildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31547)

11. “Yosh ijrochilar” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31562)

12. Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi qoshidagi “Boburxon” doirachilar guruhi a’zolari Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tonggi musiqiy dam olish dasturida ishtirok etishdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31566)

13. “Ijodkor yoshlar” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi!

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31568)

14. Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o'quvchisi Marjona Muqimjonova Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tonggi musiqiy dam olish dasturida ishtirok etdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31599)

15. Baxmal tumanidagi "𝗕𝗔𝗥𝗟𝗢𝗦" folklor xalq havaskorlik jamoasining  II chorak hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31616)

16. 2025-yil 10-iyun kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining "Musiqa nazariyasi va Fortepiano" yo‘nalishini 2024/2025 o‘quv yilida bitirayotgan 11-sinf o‘quvchilari mutaxassislik fanlaridan davlat attestatsiyasini topshirdilar.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31638)

17. 11-iyun kuni Paxtakor tumani 24-son madaniyat markazida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida "AQL  CHARXPALAGI" mavzusida  "ZAKOVAT" intellektual o‘yini tashkil etildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31669)

18. Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida viloyat musiqali drama teatri faoliyati yoritildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31690)

19. 12-iyun kuni Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tuman madaniyat markazi qoshidagi “G‘uncha” bolalar namunali qo‘g‘irchoq teatri ishtirokida teatr tomoshasi tashkil etildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31698)

20. Madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablariga viloyat hokimligi tomonidan 4 turdagi “Dutor”, “Tanbur”, “Do‘mbira”, “Nay” kabi 1978 ta milliy musiqa cholg‘ulari olib berildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31743)

21. Jizzax viloyati hamda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan “Jonli battl” loyihasida Diyorbek Murodov (Jizzax) hamda Biloliddin Narzullayevlar (Sirdaryo) o‘zaro bellashdilar.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31753)

22. Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Xalq raqsi” yo‘nalishi 11-sinf o‘quvchilarining davlat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31770)

23. Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Durdona Hosilmurodova Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining "Subhidam" tonggi musiqiy dam olish dasturida ishtirok etdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31805)

24. Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining "Xalq cholg‘ulari  ijrochiligi" uslubiy birlashmasi o‘qituvchisi Sherzod Ergashev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan "VATAN IFTIXORI" xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida faol ishtiroki uchun ko‘krak nishoni va sertifikat  bilan taqdirlandi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31883)

25. 20-iyun kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani badiiy jamoasi "Madaniyat kunlari" loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31907)

26. Joriy yilning 20-21-iyun kunlari Jizzax viloyati musiqali drama teatrida "Ayol" nomli spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31943)

27. 23-iyun kuni Jizzax shahar 1-son madaniyat markazi ijodkorlari tomonidan Jizzax shahri markazidagi "Yoshlar shaharchasi" hududida  "Ko'cha san'ati va musiqasi" loyihasi tashkil etildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31967)

28. 2025-yil 21-iyun kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida sportning “Shaxmat” hamda “Voleybol” turlari bo‘yicha ayol va erkak o‘qituvchilari o‘rtasida “Rahbar sovrini musobaqasi" tashkil etildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/31980)

29. 24-iyun kuni Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida 26–iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/32065)

30. 24-iyun kuni Jizzax shahar 1-son madaniyat markazi xodimlari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Samarqand shahriga sayohat qilishdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/32112)

31. 26-iyun kuni Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasida  “Bolalar musiqa va san’at maktablarida о‘quv yili yakuni hamda erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani  bо‘lib о‘tdi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/32155)

32. 27-iyun kuni Arnasoy tumanida  “Namunali” madaniyat markazi foydalanishga topshirildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/32206)

33. Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 2025-yil 29-iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bosh rejissyor - Shaodat Usmanova tomonidan sahnalashtirilgan A.S.Pushkin qalamiga mansub “Oltin baliq” rus-klassik ertagi hamda yosh rejissyor -  Begzod Soriyev tomonidan sahnalashtirilgan A. Abdullayev qalamiga mansub ”Do‘stlik bog‘i” spektakllari viloyat “Badiiy kengashi” ko‘rigiga topshirildi.

(https://t.me/jizzax_madaniyat/32250)

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash