“Bolalar musiqa va san’at maktablarida о‘quv yili yakuni hamda erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bо‘lib о‘tdi.
26 Jun, 2025 - 14:27
74
Matbuot anjumani
2025-yil 26-iyun kuni Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasida “Bolalar musiqa va san’at maktablarida о‘quv yili yakuni hamda erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani bо‘lib о‘tdi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda о‘tkazilgan matbuot anjumanida viloyat madaniyat boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalari tomonidan 2025-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar borasida sо‘z bordi.
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq faollari, viloyat madaniyat boshqarmasi mas’ullari ishtirok etishdi.
Anjumanda asosiy e’tibor san’at sohasidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilarining xalqaro va respublika miqyosidagi ishtiroki, erishilgan yutuqlar va ularning natijadorligi hamda 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga qaratildi.
Xususan, Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufida 1 ta ixtisoslashtirilgan hamda 15 ta bolalar musiqa va san’at maktablari mavjud bо‘lib, joriy yilning 6 oyi davomida ushbu ta’lim muassasalari yosh iste’dodlarining 131 nafari xalqaro, 137 nafari respublika tanlovlarida ishtirok etib, 9 nafari gran-pri, 59 nafari 1-о‘rin, 62 nafari 2-о‘rin, 72 nafari 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.
Respublika miqyosida о‘tkazilgan “Yangi yil yulduzlari”, "Buxoro sadolari", "Ijod bahori", "Bahor malikasi", “Yosh ijrochilar” kabi kо‘rik-tanlovlar nafaqat iste’dodlarni yuzaga chiqarish, balki ularni xalqaro maydonga olib chiqish uchun mustahkam poydevor bо‘lib xizmat qilmoqda.
Xalqaro miqyosda esa, viloyat ijodkorlari “Saz elemi”, "Jahon yoshlar san’ati", "Biz baxtli bolalarmiz", “Musiqa tasviri”, “Tasviriy va amaliy san’at festivali”, “San’at sehri”, “Dance battle”, “New talents”, “Korabl Znaniy”, “An’anaviy xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” hamda “Navrо‘z sadolari” milliy cholg‘ular kо‘p ovozli ansambl va orkestrlari XI xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etib, turli yо‘nalishlarda g‘oliblikni qо‘lga kiritishdi.
Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan SH.Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi о‘qituvchisi Mexribon Abdurazoqova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan;
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi о‘qituvchisi Sherzod Ergashev "Vatan iftixori" kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan hamda ta’lim muassasalarida elektr energiya tejamkorligiga erishish maqsadida 13 ta bolalar musiqa va san’at maktablariga 86 kilovat quyosh panellari о‘rnatildi.
Bundan tashqari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-112-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maxalliy byudjet mablag‘i xisobidan barcha san’at maktablari 4 turdagi ya’ni, tanbur, dutor, dо‘mbira va nay kabi 1150 dona musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlandi.
“Open byudjet” dasturi doirasida Arnasoy tumani 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi 533 mln.sо‘mlik qattiq va yumshoq mebellar, zamonaviy musiqa cholg‘ulari, 11 dona kompyuter jamlanmasi, 5 dona istish-sovutish moslamasi, 1 komplekt ovoz kuchaytirish moslamasi hamda sahna bezaklari bilan ta’minlandi.
“О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist”lar, teatr aktyorlari, sozandalar, rassomlar, tajribali pedagoglar hamda el ardog‘idagi ustoz san’atkorlar ishtirokida 50 ga yaqin “Mahorat darsi” hamda “Ijodiy uchrashuv”lar tashkil etildi.
Joriy yilning 6 oyi davomida reja asosida 40 nafar pedagoglarning о‘z yо‘nalishlari bо‘yicha malakasi oshirildi.
2024/2025-о‘quv yilida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda bolalar musiqa va san’at maktablarini 313 nafar о‘quvchilar tamomladi hamda bitiruvchilarga maxsus guvohnomalar topshirilganligiga alohida tо‘xtalib о‘tildi.
Shuningdek, 2025/2026-о‘quv yilida ham amaliy ishlarni izchil davom ettirish borasida ustuvor vazifalar ya’ni, Dо‘stlik tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabida ovoz yozish studiyasi hamda “Karaoke” xonasini tashkil etish ishlari yakuniga yetkazish, О‘zbekiston xalq artistlari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar, teatr aktyorlari, sozandalar, rassomlar, tajribali pedagoglar hamda el ardog‘idagi ustoz san’atkorlar ishtirokida 45 ta “Mahorat darslari” о‘tkazish, malaka oshirish muddati kelgan 80 nafarga yaqin pedagoglarni reja asosida malaka oshirish kurslariga yuborish, kutubxonalarini raqamlashtirish maqsadida kutubxonalardagi kitoblarning elektron nusxalarini tayyorlash, muassasalarning rasmiy-veb saytlarini tashkil etish, о‘quvchilarining ijodiy ishlarini viloyat va respublika televideniyelari orqali namoyishini yо‘lga qо‘yishga qaratilgan vazifalar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari mutasaddilarga murojaat qilishib, o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollarga javoblar olishdi.