“Giyohvandlik kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati

25 Jun, 2025 - 09:15
48
“Giyohvandlik kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati

Tadbir

Joriy yilning 24-iyun kuni Jizzax viloyat ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida 26–iyun “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Giyohvandlik kelajak kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu suhbatga Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazining narkologiya bo‘yicha Jizzax viloyat filiali oliy toifali shifokori Sattorova Sayyora Toshtemirovna, Oliy hamshira Xo‘jabekova Lola Toshtemirovna va bir qator hamshiralar ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida hamshiralar tomonidan giyohvandlikning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida ma’ruzalar qilinib, yig‘ilganlarga “Giyohvandlik va uning oqibatlari to‘g‘risida ota-onalar uchun eslatma” nomli tarqatma materiallar tarqatildi.

Suhbat so‘ngida kutubxonaning yetakchi mutaxassisi K.Zuhurova tomonidan "Giyohvandlik kelajak kushandasi" mavzusi kitoblar ko‘rgazmasi yig‘ilganlarga tanishtirildi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash