Madaniyat muassasalari ijodkorlarining respublika hamda xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki

23 Jun, 2025 - 17:50
54
Madaniyat muassasalari ijodkorlarining respublika hamda xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki

Maqola

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri buijodkorlarni qollab-quvvatlash, badiiy jamoalar faoliyatini rivojlantirish hamda ularni respublika va xalqaro miqyosda targib qilishdan iborat.

Ijodkorlarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ularning mahoratini oshirish va xalqaro miqyosda tanitish borasidagi say-harakatlar bugungi kunda oz samaralarini bermoqda. Xususan, Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan sanatkorlar, folklor va estrada jamoalari, teatr truppalari, raqs ansambllari hamda yosh istedod egalari turli darajadagi tanlovlarda munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishmoqdalar.

Joriy yilning 6 oyi davomida yosh istedodlarning 131 nafari xalqaro, 137 nafari respublika tanlovlarida ishtirok etib, 9 nafari gran-pri, 59 nafari 1-о‘rin, 62 nafari 2-о‘rin, 72 nafari 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi. Jumladan,

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yangi yil yulduzlari”, "Buxoro sadolari", "Yangi yil yulduzlari", "Bahor malikasi" kabi ko‘rik-tanlovlar nafaqat iste’dodlarni yuzaga chiqarish, balki ularni xalqaro maydonga olib chiqish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi tanlovlar orqali ijodkorlar o‘z mahoratini namoyon etish bilan birga, boshqa hududlardagi tengdoshlari bilan tajriba almashish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Misol uchun, joriy yilning 18-20-yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Yangi yil yulduzlari” respublika musiqiy va ijodiy tanlovida Jizzax shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabining 11 nafar a’zolari, Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabining 11 nafar a’zolari, Zarbdor tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining 5 nafar a’zolari, Dashtobod shahar 4-son bolalar musiqa va san’at maktabining 3 nafar a’zolari turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

9-mart kuni bo‘lib o‘tgan “Bahor malikasi” respublika tanlovida Jizzax shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabining 2 nafar a’zolari, Zarbdor tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining 1 nafar a’zosi, Paxtakor tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabining 5 nafar a’zolari turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

25-26–mart kunlari bo‘lib o‘tgan Buxoro sadolari respublika yosh ijodkorlar tanlovida Paxtakor tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabining 5 nafar a’zolari turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

2-4–may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Ijod bahori” respublika yosh ijodkorlar tanlovida Jizzax shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabining 12 nafar a’zolari, Zarbdor tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining 1 nafar a’zosi, Paxtakor tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabining 5 nafar a’zolari turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

Xalqaro miqyosda esa, viloyatimiz san’atkorlarning ishtiroki yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, “Sаz әlemi”, "Jahon yoshlar san’ati", "Biz baxtli bolalarmiz" kabi turli xalqaro teatr va raqs festivallarida viloyatimiz vakillari o‘zlarining milliy ruhdagi chiqishlari bilan ko‘pchilik e’tiborini qozonib kelmoqda. Ular nafaqat san’atni targ‘ib qilishmoqda, balki O‘zbekiston madaniy merosining boy va rang-barangligini jahon sahnasida namoyon etishmoqda.

Misol uchun joriy yilning 19-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Sаz әlemi” xalqaro tanlovida Paxtakor tumani 14-son bolalar musiqa va san’at maktabining 4 nafar a’zolari turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

24-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon yoshlar san’ati” xalqaro tanlovida Jizzax shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabining 5 nafar a’zolari turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

19-mart kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Biz baxtli bolalarmiz” xalqaro tanlovida Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabining 3 nafar a’zosi, Zarbdor tumani 11-son bolalar musiqa va san’at maktabining 9 nafar a’zosi hamda Yangiobod tumani 19-son bolalar musiqa va san’at maktabining 1 nafar a’zosi turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

24-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Spring sounds” xalqaro tanlovida Jizzax shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabining 1 nafar a’zosi hamda Do‘stlik tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabining 5 nafar a’zolari  turli yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi;

Bundan tashqari, ijodkorlar tomonidan “Musiqa tasviri”, “Tasviriy va amaliy san’at festivali”, “San’at sehri”, Dance battle, “New talents”, “Korabl Znaniy”, “An’anaviy xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” hamda Navro‘z sadolari milliy cholg‘ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari XI  xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqda.  

Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan SHarof Rashidov tumani  8-son bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi о‘qituvchisi Abdurazoqova Mexribon Jaloliddin qizi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

 Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro tanlovida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabining о‘qituvchisi Sherzod Ergashev "Vatan iftixori" kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, UNESCO, ISESCO kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan ham viloyatimiz badiiy jamoalarining ishtiroki yuqori baholanmoqda. Bu esa viloyatimiz madaniyatining global maydondagi nufuzi tobora ortayotganidan dalolat beradi.

Yakun qilib aytganda, madaniyat va san’at sohasidagi ijodkorlarimiz hamda badiiy jamoalarimizning respublika va xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatli ishtiroki ularning tinimsiz izlanishlari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va xalqimizning san’atga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu esa viloyatimiz madaniy hayotining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Jizzax viloyat madaniyat
boshqarmasi matbuot xizmati.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash