Madaniyat muassasalari milliy musiqa cholg'ulari bilan ta'minlanmoqda
13 Jun, 2025 - 17:00
31
13.06.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qarorida madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarini milliy musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash vazifasi belgilangan.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan 4 turdagi “Dutor”, “Tanbur”, “Do‘mbira”, “Nay” kabi 1978 ta milliy musiqa cholg‘ulari olib berildi.
Ushbu cholg‘ular belgilangan tartibda viloyatdagi madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablariga yetkazib berilmoqda.
Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati