“Karvonsaroy” nomli ertak spektakli namoyish etildi
05 Jun, 2025 - 09:00
26
spektakl
Arnasoyda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Karvonsaroy” spektakli namoyish etildi
Arnasoy tumanida “Dolzarb 90 kun” ijtimoiy-ma’naviy loyihasi doirasida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyatining qo‘g‘irchoq teatr jamoasi tomonidan tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabi hamda 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Karvonsaroy” nomli ertak spektakli namoyish etildi. Spektakl yoshlar va kattalar tomonidan qizg‘in kutib olindi.
Madaniy hodisa yosh avlodni milliy qadriyatlar va ma’naviyatga yanada yaqinlashtirish, ularda san’atga bo‘lgan qiziqish va hurmatni oshirishga qaratilgan. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan bunday tadbirlar aholi orasida keng qo‘llab-quvvatlanmoqda.