Yurtimizda ijod qilayotgan xonanda, kompozitor va bastakorlar diqqatiga!
03 Jun, 2025 - 11:50
26
E'lon
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram – yurtimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan qo‘shiqlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda xonandalar, shoirlar, hamda bastakorlar Vatan, istiqlol, tinchlik va farovonlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro mehr-oqibat kabi yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan yangi qo‘shiqlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ijodkorlar o‘z qo‘shiqlarini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining “Mustaqillik-2025” telegram manziliga yo‘llashlari mumkin.
G‘olib deb topilgan xonandalar pul mukofoti hamda mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan asosiy tadbirga o‘z asarlari bilan tavsiya etiladi.
1 – o‘rin uchun (bitta) 50 mln. so‘m.
2 – o‘rin uchun (bitta) 40 mln. so‘m.
3 – o‘rin uchun (bitta) 30 mln. so‘m.
Qadrli yurtdoshlar! Vatan tuyg‘usi ijodkor uchun chinakam ilhom manbaidir. Shunday ekan, ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z iqtidoringizni namoyish qilishga shoshiling!
Ijodiy ishlar joriy yilning 1-avgustgacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari 2025-yil 15-avgust kuni e’lon qilinadi.
Murojaat uchun telefon:
+998 71 234 24 28