Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazida “Ijodiy xodimlarning bir kunlik ish kuni” mavzusida press-tur tashkil etildi.
23 May, 2025 - 16:25
32
press_tur
Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi tomonidan Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazida “Ijodiy xodimlarning bir kunlik ish kuni” mavzusida press-tur tashkil etildi.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etgan press-tur doirasida ishtirokchilar madaniyat markazi ijodiy faoliyati, tashkil etilgan to‘garaklarning mashg‘ulot jarayonlari, folklor etnografik xalq jamoalarining konsert dasturlariga tayyorgarlik ishlari, mavjud musiqa cholg‘ulari va texnik jihozlari hamda kelgusidagi rejalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Press-tur davomida madaniyat markazi ijodiy xodimlari va badiiy jamoa vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur madaniyat markazi binosi 1987-yilda qurilgan bo‘lib, 2019-yilda kapital ta’mirlangan.
Tumanda “Namunali” madaniyat markazi tashkil etish maqsadida tuman hokimligi tomonidan 328 mln.so‘m mablag‘ ajratilib, markaz binosi joriy ta’mirlandi hamda ovoz kuchaytirgich moslamalari, estrada cholg‘ulari, kutubxona uchun badiiy adabiyotlar hamda kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi.
Bugungi kunda madaniyat markazida 20 nafar ijodiy xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Markazda 4 ta “Estrada xonandalik”, “Rubob”, “Bolalar raqsi”, “Milliy raqs” to‘garaklar, 1 ta qiziquvchilar klubi, 1 ta Ingliz tili kursi, 3 ta badiiy havaskorlik jamoalari mavjud bo‘lib, ushbu to‘garak va jamoalarga 135 nafar yoshlar qamrab olingan.
Shuningdek, mazkur markaz qoshida “Gulshan” ashula va raqs xalq ansambli hamda “Oypari” folklor-etnografik xalq ansambllari faoliyat yuritmoqda.
Jamoa va ansambllar tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida 29 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari tashkil etilib, ushbu tadbirlarga 12 300 nafar aholi qamrab olingan.
Press-tur ishtirokchilari ushbu madaniyat markazida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida xolis va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.