Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazi binosi ta’mirdan chiqarilib hamda jihozlanib foydalanishga topshirildi.

23 May, 2025 - 15:50
91
Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazi binosi ta’mirdan chiqarilib hamda jihozlanib foydalanishga topshirildi.

Tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi 50-sonli bayoni ijrosi yuzasidan Jizzax viloyatining tuman va shaharlarida bittadan “Namunali” madaniyat markazlari tashkil etish belgilangan.   

Zarbdor tumanida ham “Namunali” madaniyat markazi tashkil etish maqsadida tuman hokimligi tomonidan  17-son madaniyat markazi uchun 328 mln.sо‘m mablag‘ ajratilib, markaz binosi joriy ta’mirlandi hamda ovoz kuchaytirgich moslamalari, estrada cholg‘ulari, kutubxona uchun badiiy adabiyotlar hamda kompyuter jamlanmalari bilan ta’minlandi.

Bugun, 23-may kuni ushbu “Namunali” madaniyat markazini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat madaniyat boshqarmasi, madaniyat bo‘limi hamda madaniyat markazi xodimlari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b M.Igamkulov so‘zga chiqib, “Namunali” madaniyat markazi hamda unda yaratilgan imkoniyatlar, faoliyat yuritayotgan to‘garaklar, badiiy jamoalar haqida gapirib, kelgusida ushbu markazda xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari yitishib chiqishiga ishonch bildirildi.

Shundan so‘ng ishtirokchilar markaz faoliyati, tashkil etilgan to‘garaklarning mashg‘ulot jarayonlari, folklor etnografik xalq jamoalarining konsert dasturlariga tayyorgarlik ishlari, mavjud musiqa cholg‘ulari va texnik jihozlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi

matbuot xizmati

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash