“Madaniyat vaziri kubogi”
21 May, 2025 - 10:30
36
musobaqa
Bugun, 21-may kuni madaniyat va san’at xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Madaniyat vaziri kubogi” an’anaviy sport musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi.
Sportning mini-futbol turini ommalashtirish, hududiy madaniyat va san’at sohasi xodimlarini mini-futbol sport turiga jalb qilish va uni yanada rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xodimlarining ijtimoiy faolligini oshirish va salomatligini mustahkamlash hamda xodimlarning harakat faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 6 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.
Musobaqa jarayonlari viloyat madaniyat boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlarida yoritib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlami saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 19-noyabrdagi 735-son qarorlari ijrosi yuzasidan tashkil etilmoqda.
Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi
matbuot xizmati