“Sohadagi ta’lim muassasalari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
14 May, 2025 - 12:00
32
Ochiq muloqot
2025-yilning 14-may kuni viloyat madaniyat boshqarmasida “Sohadagi ta’lim muassasalari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ochiq muloqotda sohaga oid dolzarb masalalar, mavjud muammolar, ularning yechimlari, shuningdek, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar keng muhokama qilindi.
Ochiq muloqotda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b M.Igamkulov ishtirok etib, soha tizimidagi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘qituvchilarning malakasini doimiy oshirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilishi, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini kuchaytirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan choralari tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, kelgusi rejalar sifatida raqamli ta’lim infratuzilmasini kengaytirish va masofaviy o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish, har bir ta’lim muassasasi uchun individual rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali ilg‘or tajribalarni joriy etish, ta’lim sifatini baholash va monitoring tizimini takomillashtirish, respublika va xalqaro tanlovlarda viloyat o‘quvchilari sonini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot yakunida ishtirokchilarning taklif va fikrlari eshitilib, ular asosida amaliy choralar belgilab olindi. Muloqot sohaga oid muhim qarorlar qabul qilishda muhim ijtimoiy platforma sifatida xizmat qilishi aytib o‘tildi.