"Ayol" spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
20 May, 2025 - 11:00
33
premyera
2025-yilning 19-may kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida "Ayol" spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur spektakl Halima Ahmedovaning "Yarimta olma" asari asosida rejissyor Baxtiyor To‘rayev tomonidan sahnalashtirildi.
Ayol muhabbati, sadoqati, uning ojiza emas, chinakam mо‘jiza ekanligi yana bir bor mohirona rejissura, mohirona ijro orqali qalblarga singdirildi.
Spektakl ta’sirchanligini oshiruvchi ramziy kо‘rinishlar - quroq kо‘rpacha tikayotgan ayol, farishtalar va iblislar xatti-harakatlari asar mazmunini ochishda о‘ziga xos jozibadorlik kasb etgan.
Muqaddam, Alisher Navoiy hazratlarining "Hayrat-ul abror" asari asosida ishlangan spektakl rejissyor Baxtiyor Tо‘rayevning san’atkorona mahoratini tо‘la-tо‘kis namoyon qilib, san’at ixlosmandlari tomonidan qizg‘in qarshi olingan edi. Bu asar ham о‘ziga xosligi bilan tomoshabinni jalb eta oldi.