Umumta'lim maktablarida “Lektoriy konsert” tashkil etilmoqda
13 May, 2025 - 14:50
34
Tadbir
Bugun, 13-may kuni Jizzax shahridagi 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 2, 4, 6-sinf o‘quvchilari hamda 8-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 2 va 4-sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodkorlari tomonidan “Lektoriy konsert” tashkil etildi.
Konsert o‘quvchilar bilan ochiq muloqot, savol javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib о‘tamiz, Mazkur konsert О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori asosida о‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulot tarzida о‘tkazib kelinmoqda.