“Mahorat darsi”
07 May, 2025 - 17:25
32
Tadbir
Bugun, 7-may kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari Shermatov Komil Erkinovich, Muzaffarova Saodat Haydarovna, Xushvaqtov Eldor Bekmurodovich, Qobilov Xabibullo Nasrullayevich hamda Abrayqulova Nasiba Erkinovnalar tomonidan “Mahorat darsi” va targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.
“Cholg‘u ijrochiligi”, “Xor sinfi”, “Vokal ansambli”, “Dirijorlik”, “Aktyorlik mahorati”, “Sahna nutqi”, “Raqs san’ati” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan “Mahorat darsi”da professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchi yoshlarni o‘z kasbiga yanada qiziqtirish, ijod qilishga undash va o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashish hamda o‘z kasbining mahoratli ustasi bo‘lib yetishishi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar berildi.
Dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga professor-o‘qituvchilar tomonidan batafsil javoblar oldilar.