O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi jamoasi gastrol safari bilan Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
06 May, 2025 - 11:00
28
Gastrol
#gastrol
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 2-may kuni O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi jamoasi gastrol safari bilan Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Ijodiy jamoa tomonidan shu kuni Qarshi shahridagi 1-son Madaniyat markazida “Maqom kechasi” nomli konsert dasturi namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu gastrol safarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-406-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilmoqda.