“Madaniyat va san’at haftaligi”
29 Apr, 2025 - 10:00
33
konsert
Jizzax shahrida “Madaniyat va san’at haftaligi” doirasida katta konsert dasturi tashkil etildi.
Yurtimizda madaniy hayotni yanada jonlantirish, aholining ma’naviy-estetik saviyasini oshirish, san’at orqali madaniy hordiq chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab “Madaniyat va san’at haftaligi” doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Jizzax shahri markazi “Yoshlar shaharchasi”da keng jamoatchilik ishtirokida katta konsert dasturi tashkil etildi.
Gala-konsert mehmonlari estradamizning yorqin yulduzlari Mashxurbek Muhammad hamda Iroda Iskandarovalar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi yig‘ilganlarga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.
Ushbu konsert dasturida 5000 nafarga yaqin aholi vakillari ishtirok etdi.