Lektoriy konsert
22 Apr, 2025 - 10:00
39
Tadbir
Bugun, 22-aprel kuni Jizzax shahar 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6 va 8-sinf o‘quvchilari hamda 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 3 va 4 - sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan lektoriy konsertlari tashkil etildi.
Lektoriy konsert o‘quvchilar bilan ochiq muloqot, savol javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Eslatib о‘tamiz, Mazkur konsertlar О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi 112-son qarori asosida о‘quvchi va talabalarning musiqiy madaniyati va savodxonligini yuksaltirishga, estetik didi, dunyoqarashini kengaytirishga va musiqani his qilishiga qaratilgan amaliy mashg‘ulot tarzida о‘tkazib kelinmoqda.