“15-aprel – О‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bо‘lib о‘tdi.

15 Apr, 2025 - 16:40
30
“15-aprel – О‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbir

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “15-aprel – О‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni Jizzax viloyati hokimining о‘rinbosari Shukurullayev Sardor Shuhratovich kirish sо‘zi bilan ochib berdi va madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda sohada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar haqida gapirib о‘tdi.

Shuningdek, tadbir davomida madaniyat va san’at sohasida kо‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir qator xodimlar Jizzax viloyati hokimligining faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirning badiiy qismida viloyat san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga kо‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash