27 - mart XALQARO TEATR KUNI

27 Mar, 2025 - 11:00
35
27 - mart XALQARO TEATR KUNI

Tadbir

27 - mart XALQARO TEATR KUNI munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Shukurullayev Sardor Shuxratovich ishtirok etib, Jizzax viloyati hokimining soha vakillariga yo‘llagan tabriknomasini o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Darxanov Azamat Qobilovich so‘zga chiqib, barcha teatr sohasi xodimlarini ushbu sana bilan muborakbod etib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlardan bir guruhini tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash