Rasmiy munosabat
24 Mar, 2025 - 17:00
268
munosabat
Ijtimoiy tarmoq orqali chiqarilgan “Jizzax viloyati Zomin tuman 23-sonli Madaniyat markazida qachon Manfaatlar to‘qnashuvi qonuni ishlaydi. Boshliq Elbek Ismatullayev, muovin dadasi Safar Ismatullayev. Qachon barham topadi korrupsiya” nomli xabar yuzasidan:
Ushbu holat viloyat madaniyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida Zomin tumani 23-son “Shodlik” madaniyat markazida 5 ta ijodiy shtat birligi (1 ta rahbar, 3 ta to‘garak rahbari, 1 ta ovoz operatori) mavjudligi aniqlandi.
Bugungi kunda ushbu markazda Ismatullayev Elbek Safarovich 2021-yildan buyon rahbar lavozimida hamda uning otasi Safar Ismatullayev 2022-yildan buyon ovoz operatori lavozimida (sohadagi ish faoliyati 30 yil) ishlab kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 758-sonli qarorining 3-ilovasiga muvofiq “Qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati” tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatning 8-bandida teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalarning ijodiy xodimlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning talablaridan kelib chiqib, Zomin tumani 23-son “Shodlik” madaniyat markazida faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi hamda korrupsion holatlar mavjud emasligini ma’lum qilamiz.