22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni”

22 Mar, 2025 - 11:00
58
22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni”

Tadbir

22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni”

Sana munosabati bilan Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyida tantanali bayram tadbiri bо‘lib о‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini bayram bilan samimiy qutladi. U о‘z nutqida mahalla institutining jamiyatdagi о‘rni va ahamiyati haqida ta’kidlab, ularning xizmatini yuksak baholadi.

Shuningdek, mahalla tizimida faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar fidokorona mehnati uchun taqdirlandi. Ularga tashakkurnomalar, esdalik sovg‘alari va mukofotlar topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi viloyat bo‘limining jonli ijrodagi konsert dasturi yig‘ilganlarga katta zavq ulashdi va bayram shukuhini yanada oshirdi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash