Jizzaxda Navro'z shukuhi

20 Mar, 2025 - 11:00
55
Jizzaxda Navro'z shukuhi

Bayram

Jizzaxda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida navro‘z bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi...

Ushbu shior ostida Jizzax viloyatining asosiy baram tantanalari 20-mart kuni Jizzax shahri markazida joylashgan “O‘rda” ekologik istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

✳️Bog‘ hududi bayramona bezatilib, viloyatning barcha shahar va tumanlariga maxsus joylar ajratildi. Ushbu ajratilgan joylarda milliy urf-odatlarimiz aks etgan o‘yinlar, milliy taomlar, hunarmandlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

🏟Bayramga bag‘ishlangan konsert dasturi bog‘ hududida joylashgan “Amfiteatr”da bo‘lib o‘tdi.

🎼Konsert dasturida viloyatning taniqli estrada xonandalari, badiiy jamoalari, bolalar raqs guruhlari, teatr aktyorlari, folklor etnografik ansambllarining chiqishlari, qolaversa poytaxtdan tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Nursaidova, O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov, O‘lmas Olloberganov, Malika Egamberdiyeva kabi taniqli san’atkorlarning kuy qo‘shiqlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash