Paxtakor tumani jamoasi respublika bosqichiga yo‘l oldi.
19 Mar, 2025 - 10:00
37
Tanlov
🎭Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi hamda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan “Turon” maktab teatri tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
♻️Unda hududiy bosqichlarda birinchilikni qo‘lga kiritgan Jizzax shahri va o‘n ikki tuman jamoalari tanishtiruv, savol-javob hamda “Teatr ibratxonadir” mavzusida sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
✅Tanlov yakuniga ko‘ra Paxtakor tumani jamoasi g‘olib deb topilib, ushbu jamoaga respublika bosqichiga yo‘llanma berildi.