Bugun, 18-mart kuni viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Darxanov Azamat Qobilovich Sharof Rashidov tumanidagi 8-son bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mazkur muassasada bо‘lib о‘tayotgan dars jarayonlari kо‘zdan kechirilib, о‘quvchilar bilan suhbatlashildi.
Shundan sо‘ng ushbu maktabning о‘qituvchi va о‘quvchilari tomonidan turli kо‘rik-tanlov va festivallarda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi.
Yig‘ilish davomida A.Darxanov tomonidan joriy yilda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga loyiq topilgan fortepiano о‘qituvchisi Mehribon Abdurazzoqova hamda uning ustozi Zohid Abdullayevlarga minnatdorchilik bildirilib, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
–Barcha sohalarda bо‘lgani kabi madaniyat va san’at sohasida ham bilim olish, oliy ma’lumotli bo‘lishi hamda respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va festivallarda ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda, – deydi boshqarma boshlig‘i Azamat Darxanov. – Buning natijasida yosh о‘qituvchi va о‘quvchilarimiz ko‘plab ijodiy tanlovlar va festivallarda jonajon O‘zbekistonimizning yuzini yorug‘ qilmoqda. Ushbu yutuqlar bee’tibor qoldirilayotgani yо‘q. Mana bir misol, ushbu maktabda ham endi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori bor. Men shunday davlat mukofoti bilan mukofotlangan о‘qituvchilar viloyatimizdagi barcha bolalar musiqa va san’at maktablarida ham bо‘lishini niyat qilaman – deydi boshqarma boshlig‘i.
Shundan so‘ng kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, rejalar belgilab olindi.