"Qadriyatlar qadr topgan yurt"
12 Mar, 2025 - 10:00
40
Ijodiy uchrashuv
Joriy yilning 12-mart kuni Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Qadriyatlar qadr topgan yurt” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika baxshchilik san’ati markazi xodimlari, O‘zbekiston xalq baxshisi Ochil Chorshanbiyev, Shuxrat medali sohibi Ziyodulla Nomozov, III Xalqaro baxshichilik festivali g‘olibi Dilmurod Gulmuradov hamda Jizzax shahar “Rayhon” folklor etnografik xalq ansambli a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlarni yanada o‘z kasbiga qiziqtirish, ijod qilishga undash va o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashish hamda o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetish to‘g‘risida maslahatlar berdi hamda baxshchilik san’atining vohalarda aytilish yo‘llari va farqlari to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng uchrashuv mehmonlari o‘z ijod namunalaridan asarlar ijro etishib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berib o‘tishdi.