“Bahor taronalari” an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
03 Mar, 2025 - 12:57
34
Tanlov
“Bahor taronalari” an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Viloyatda bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq bayrami konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni tashkillashtirish, shuningdek, viloyatdagi badiiy havaskorlik jamoalari va estrada xonandalarini moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Bahor taronalari” viloyat ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinadi.
Bu yilgi tanlov joriy yilning 26-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar bo‘lib o‘tdi.
Jizzax viloyat hokimligi, viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Jizzax haqiqati”, “Djizakskaya pravda” gazetalari hamda barcha shahar va tumanlar madaniyat bo‘limlari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan mazkur tanlovda 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 13 ta jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Jamoalar tomonidan tayyorlangan asarlar soha mutaxassislaridan iborat nufuzli hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan munosib baholab borildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra jamoalar quyidagi o‘rinlar hamda nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:
I-о‘rin Forish tuman madaniyat bo‘limi jamoasiga
II-о‘rin Zarbdor tuman madaniyat bo‘limi jamoasiga
III-о‘rin SH.Rashidov tuman madaniyat bo‘limi jamoasiga
Ko‘rik-tanlovda yuqori darajadagi ijro mahorati va faol ishtiroki uchun quyiagilar;
“Navro‘z”, bahorni madh etuvchi qo‘shiq” nominatsiya bo‘yicha –
Jizzax shahar “Sangzor” estrada xalq havaskorlik jamoasi
“Eng yaxshi folklor-etnografik jamoasi” nominatsiyasi bo‘yicha –
G‘allaorol tuman “Gashtak” va “Marjon” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi
Arnasoy tuman “Bahor” folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi
Mirzacho‘l tuman “Oqila ayollar” folklor-etnografik havaskorlik jamoasi
“Eng yaxshi o‘lan ijrochisi” nominatsiya bo‘yicha –
Paxtakor tuman o‘lan ijrochilari (B.Azizova va Jonibek Isroilovlar)
Yangiobod tuman o‘lan ijrochisi (Sh.Rahmatova)
“Eng yaxshi baxshi ijrochiligi” nominatsiya bo‘yicha –
Do‘stlik tumani ishtirokchisi Javohir G‘aybullayev
“Bahor mavzusiga bag‘ishlangan eng yaxshi raqs jamoasi” nominatsiya bo‘yicha –
Baxmal tuman raqs jamoasi
Zomin tuman raqs jamoasi
Zafarobod tuman raqs jamoasi
“Eng yaxshi estrada ijrochisi” nominatsiya bo‘yicha –
Aniqlanmadi.
G‘olib jamoalar viloyat va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Navrо‘z” umumxalq bayramlarida hamda Madaniyat vazirning buyrug‘iga asosan Respublika hamda Xalqaro festival va ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etildi.