2025-yil davomida Madaniyat va san’at soahsida  amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOT

06 Jan, 2026 - 15:00
38
2025-yil davomida Madaniyat va san’at soahsida  amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOT

hisobot

2025-yil davomida Madaniyat va san’at soahsida  amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

HISOBOT

 

Viloyatda madaniyat va san’at sohasi yо‘nalishida 59 ta madaniyat muassasalari faoliyat kо‘rsatadi:

1 ta “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bо‘limi;

1 ta О‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bо‘linmasi;

2 ta teatr (viloyat musiqali drama teatri, viloyat qо‘g‘irchoq teatri);

1 ta О‘zbek milliy maqom san’ati markazi viloyat bо‘limi;

1 ta ixtisoslashtirilgan san’at maktabi;

15 ta bolalar musiqa va san’at maktabi;

37 ta madaniyat markazlari;

1 ta viloyat Kо‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi va uning 8 ta tuman va shahar filiallari faoliyat yuritib kelmoqda.

Mazkur tashkilotlarda jami 1 443 nafar xodimlar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Soha tizimida faoliyat kо‘rsatayotgan xodimlarning 6 nafari “Xizmat kо‘rsatgan artist”, 9 nafari “Shuxrat” medali sohibi, 1 nafar “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, 1 nafar “Dо‘stlik” ordeni va 1 nafar “Mehnat shuhrat” ordeni bilan mukofotlangan.

Madaniyat markazlarida jami 32 ta “Xalq havaskorlik jamoasi” unvoniga ega havaskorlik jamoalari bо‘lib, jamoalarga 669  nafar ishtirokchilar jalb qilingan.

Viloyatdagi madaniyat markazlarida jami 144 ta tо‘garaklar tashkil etilgan bо‘lib, tо‘garaklarga 1576 nafar ishtirokchilar jalb qilingan.

2025-yilda madaniyat tashkilotlari tomonidan 3693 ta teatr tomoshalari, konsert dasturlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, ushbu tadbirlarga 950,2 ming nafardan ziyod aholi qamrab olindi va 1 mlrd. 505,5 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.

Jumladan, Teatrlarda 557 ta spektakl seanslari о‘tkazilib, ularga 139 ming 100 nafardan ortiq tomoshabin tashrif buyurib, 557,5 mln sо‘mga yaqin mablag‘ ishlab topildi.

Konsert-tomosha tashkilotlari tomonidan 546 ta konsert-dasturlari tashkil etilib, ushbu tadbirlarga 196 ming nafardan ortiq aholi qamrab olindi va 330 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.

Shahar va tumanlar madaniyat bо‘limlari hamda madaniyat markazlari tomonidan 2 590 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan bо‘lib, 615,1 ming nafardan ortiq aholi qamrab olindi va 618 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.

Viloyatdagi teatrlar tomonidan 6 ta yangi spektakllar sahnalashtirildi, shundan 4 tasi milliy, 2 tasi xorijiy sahna asarlaridir.

Shuningdek, yil davomida 285 nafar yosh iste’dodlarimiz
 131 nafari xalqaro, 154 nafari respublika tanlovlarida ishtirok etib, xalqaro tanlovlarda 3 nafari gran-pri, 8 nafari 1-о‘rin, 13 nafari 2-о‘rin, 4 nafari 3-о‘rinni qо‘lga kiritgan bо‘lsa, Respublika tanlovlarida 2 nafari gran-pri, 25 nafari 1-о‘rin, 20 nafari 2-о‘rin, 21 nafari 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Respublika miqyosida о‘tkazilgan “Yangi yil yulduzlari”, "Buxoro sadolari", "Ijod bahori", "Bahor malikasi", “Yosh ijrochilar” kabi kо‘rik-tanlovlar shular jumlasidandir.

Xalqaro miqyosda ham viloyatimiz ijodkorlarning ishtiroki yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, “Saz elemi”, "Jahon yoshlar san’ati", "Biz baxtli bolalarmiz", “Musiqa tasviri”, “Tasviriy va amaliy san’at festivali”, “San’at sehri”, “Dance battle”, “New talents”, “Korabl Znaniy”, “An’anaviy xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” hamda Navrо‘z sadolari milliy cholg‘ular kо‘p ovozli ansambl va orkestrlari XI  xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etib, turli yо‘nalishlarda g‘oliblikni qо‘lga kiritishdi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan SH.Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabining  fortepiano sinfi о‘qituvchisi Mexribon Abdurazoqova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, madaniyat sohasida qо‘shni davlatlar bilan madaniy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ham amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, joriy yilning 5-8 may kunlari О‘zbek milliy Maqom san’ati markazi viloyat bо‘limining ijodiy jamoasi gastrol safari bilan Azarbayjan Respublikasida bо‘lib, ushbu davlatda “О‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari tashkil etilgan bо‘lsa, 19-20 iyun kunlari viloyat musiqali drama teatri jamoasi xizmat safari bilan Dog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, Ozarbayjon davlat drama teatri hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatri о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan hamda soha tizimidagi ta’lim muassasalarida elektr energiya tejamkorligiga erishish maqsadida 14 ta madaniyat tashkilotlariga 136 kilovat quyosh panellari о‘rnatildi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida madaniyat muassasalarida bо‘sh turgan yerlarga 7100 tup mevali va manzarali daraxt kо‘chatlari ekildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ-112-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maxalliy byudjet mablag‘i xisobidan barcha madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari 1,5 mlrd sо‘mlik 4 turdagi ya’ni, tanbur, dutor, dо‘mbra va nay kabi 1978 dona musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlandi.

Shuningdek, “Open byudjet” dasturi doirasida Arnasoy tumani
5-son bolalar musiqa va san’at maktabiga 533 mln sо‘m ajratilib, moddiy texnika bazasi tо‘liq mustahkamlandi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 22 dekabrdagi 50-son bayonining 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy byudjet hamda homiylik mablag‘lari hisobidan Dо‘stlik, Paxtakor, Zarbdor, Arnasoy, Zomin, Jizzax shahar, Forish, SH.Rashidov, Mirzachо‘l, Yangiobod, Baxmal, G‘allaorol, Baxmal tumanlarida 1 tadan madaniyat markazlarida  ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilib, namunali madaniyat markazlariga aylantirildi.

Arnasoy tumani 4-son va Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazlari binosi joriy ta’mirlanib hamda jihozlanib, foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, viloyat kо‘zi ojizlar maxsus kutubxonasiga mahalliy byudjetdan 92 mln.sо‘m mablag‘ ajratilib, 48 nomdagi 391 ta Brayl yozuvidagi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlandi.

Dо‘stlik tumani 3-son bolalar musiqa va san’at maktabida  yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli о‘tkazish hamda san’atga bо‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tuman byudjetidan 700 mln.sо‘m ajratilib, ovoz yozish studiyasi hamda “Karaoke” xonasi tashkil etildi.

2025 yilning mart oyida viloyatdagi mavjud 31 nafar unvonga ega badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida 217 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, konsert dasturlari tashkil etilib, tadbirlarga 54 ming nafardan ortiq aholi jalb etildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-406-sonli Qarori asosida viloyatda faoliyat yuritayotgan teatr, va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm, Surxondaryo,  Andijon, Navoiy, Toshkent, Buxoro viloyatlariga gastrol safarlari uyushtirildi.

Jizzax shahar, Zomin, Baxmal tumanlarida 3 marotaba “Madaniyat karvoni” konsert dasturlari tashkil etildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani о‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan о‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi PQ-391-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hududidagi umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati fani о‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlantirish kunlari” doirasida bolalar musiqa va san’at maktablarida  seminarlar va mahorat darslari tashkil etildi.

Joriy yilning 25 fevral kuni ilk bor Jizzax tajribasi sifatida Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Sozim sadosi” о‘zbek xalq cholg‘ulari viloyat kо‘rik-tanlovi о‘tkazildi.

“О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist”lar, teatr aktyorlari, sozandalar, rassomlar, tajribali pedagoglar hamda el ardog‘idagi ustoz san’atkorlar ishtirokida 40 ga yaqin “Mahorat darsi” hamda “Ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi.

Jizzax viloyatida Nomoddiy madaniy merosning mahalliy rо‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni  222 tani, nomoddiy madaniy merosning milliy rо‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni 69 tani tashkil etadi.

Shundan yо‘nalishlar bо‘yicha О‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari 41 ta, ijrochilik san’ati 55 ta, jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari 40 ta, tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar 11 ta, an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va kо‘nikmalar 75 ta.

Bugungi kunda 24 ta ekspeditsiyalar uyushtirilgan bо‘lib, shundan mahalliy ekspeditsiyalar soni 24 tani tashkil etadi.

Nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish va ommalashtirish bо‘yicha 3 marotaba OAVlarda kо‘rsatuvlar namoyish etildi va
9 marotaba maqolalar chop etildi.

Nomoddiy madaniy merosni hujjatlashtirish va arxivlashtirish maqsadida 12 ta yozma, 7 ta audio hamda 12 ta video materiallar tayyorlandi.

Jizzax viloyatida madaniyat va san’at sohasida ommaviy axborot vositalarida jami 2755 ta materiallar e’lon qilingan.

Shundan, bosma nashrlarda berilgan maqolalar soni 62 ta, ijtimoiy tarmoqlarda berilgan xabarlar soni 2291ta, telekanallardagi chiqishlar soni 242 ta, Tashkil etilgan matbuot anjumanlari soni 2 ta, press tur 1 ta, internet nashrlarida 50 ta, о‘tkazilgan brifinglar soni 3 ta, rasmiy munosabatlar soni 3 ta, faoliyat targ‘ibotiga oid videorolik 101 tani tashkil etadi.

2026 YILDAGI USTUVOR VAZIFALAR:

1.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24 dekabrdagi PQ-454 sonli qarori asosida Zomin tumani Qо‘rg‘on MFY hududidagi “Kо‘kdala” madaniyat markazi namunasi asosida Zomin tuman madaniyat saroyi binosida qurilish ishlarini yakuniga yetkazish.

2.Viloyatdagi mavjud madaniyat markazlarida faoliyat kо‘rsatayotgan 32 ta “Xalq” va “Namunali” unvonga ega jamoalar sonini 36 taga yetkazish va ulardagi havaskorlar sonini 700 nafardan oshirish.

3.Mirzachо‘l tumani 27-son madaniyat markazini damas avtotransport vositasi bilan ta’minlash.

4.Viloyatdagi mavjud madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarini 2026 yilda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 8 turdagi 59 nusxada zamonaviy estrada cholg‘ulari bilan ta’minlash.

5.Viloyatda о‘tkaziladigan umumxalq bayram tadbirlarida ishlatish uchun viloyat madaniyat boshqarmasiga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 50 kv.li ovoz kuchaytirigch moslamalari harid qilish.

6.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi PQ-406-sonli Qarori asosida viloyatda faoliyat yuritayotgan teatr, va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining boshqa viloyatlarga gastrol safarlarini uyushtirish uchun avtobus bilan ta’minlash.

7.Viloyatdagi 15 ta bolalar musiqa va san’at maktablaridagi о‘quvchilar qamravoni 15 foizga oshirish.

 

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash