1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar

01 Jul, 2025 - 17:42
24
1-yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar

Infografika

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi tizimida 2025 yilning
1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOT
 
1. Teatrlar faoliyati bо‘yicha tahliliy kо‘rsatkichlar
Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufida 2 ta (viloyat musiqali drama hamda viloyat qо‘g‘irchoq) teatri faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu teatrlar tomonidan 331 marotaba spektakl namoyishlari tashkil etildi. Shundan, teatrlar binosida 188 marotaba hamda gastrol va kо‘chma spektakllar 143 marotaba tashkil etildi.
Shundan, 95 marotaba bepul spektakllar hamda 236 marotaba pullik spektakllar namoyishi etilgan bо‘lib, 82 ming 300 nafar tomoshabinlar qamrab olindi. Spektakllarga sotilgan chiptalarda 281,7 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.
 
2. Konsert-tomosha tashkilotlari faoliyati          
Viloyatda 3 ta (О‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bо‘linmasi, “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bо‘limi, О‘zbek milliy Maqom san’ati markazi viloyat bо‘limi) konsert-tomosha tashkilotlari faoliyat kо‘rsatmoqda. Ushbu tashkilotlar tomonidan 446 marotaba (105 tasi pullik) konsert-tomosha tadbirlari о‘tkazilgan bо‘lib, ushbu tomoshalarga 96 555 nafar aholi qamrab olingan. Ushbu tadbirlardan 227,6 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.      
Shuningdek, konsert-tomoshalar tashkil etish uchun 16 marotaba murojaatlar kelib tushgan. Shundan 51 nafar san’atkorlarga litsenziya taqdim etilgan va 26,8 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topilgan. Noqonuniy konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga qarshi 36 marotaba reyd tadbirlari tashkil etilgan.
 
3. Madaniyat markazlari faoliyati
Viloyatda 37 ta madaniyat markazlari mavjud.
Ushbu madaniyat markazlarida 144 ta tо‘garak, studiya va badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etilgan bо‘lib, 1 579 nafar aholi va yoshlar qamrab olingan.
Bugungi kunda madaniyat markazlari qoshida 31 ta “Xalq” va “Namunali” unvonga ega jamoalar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Shundan 29 tasi “Xalq havaskorlik jamoasi” hisoblanib, 2 tasi “Namunali” bolalar jamoasi bо‘lib ushbu jamoalardagi ishtirokchilar soni 658 nafarni tashkil etadi.
Mazkur madaniyat markazlari tomonidan jami 1419 ta tadbir о‘tkazilgan bо‘lib, ushbu tadbirlarga 388 339 nafar aholi va yoshlar qamrab olindi. Shundan, 467 ta pullik konsert-tomosha tadbirlari tashkil etish orqali 264,2 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topilgan.
 
 
4. Nomoddiy madaniy meros yо‘nalishi bо‘yicha
Jizzax viloyatida Nomoddiy madaniy merosning mahalliy rо‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni  206 tani, nomoddiy madaniy merosning milliy rо‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni 69 tani tashkil etadi.
Shundan yо‘nalishlar bо‘yicha:
О‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari 36 ta;
Ijrochilik san’ati 55 ta;
Jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari 40 ta;
Tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar 11 ta;
An’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va kо‘nikmalar 64 ta.
Bugungi kunda 12 ta mahalliy ekspeditsiyalar uyushtirildi.
Nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish va ommalashtirish bо‘yicha 26 marotaba OAVlarda kо‘rsatuvlar namoyish etildi va 15 marotaba maqolalar chop etildi.
Nomoddiy madaniy merosni hujjatlashtirish va  arxivlashtirish maqsadida 22 ta yozma, 24 ta audio hamda 21 ta video materiallar tayyorlandi.
 
5. Madaniyat va san’at sohasida ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga oid tahliliy kо‘rsatkichlar
Jizzax viloyatida madaniyat va san’at sohasida ommaviy axborot vositalarida jami 1400 ta materiallar e’lon qilingan.
Shundan, bosma nashrlarda berilgan maqolalar soni 37 ta, ijtimoiy tarmoqlarda berilgan xabarlar soni 1197 ta, telekanallardagi chiqishlar soni 130 ta, Tashkil etilgan matbuot anjumanlari soni 2 ta, Press-tur 1 ta, Faoliyat rag‘ibotiga oid rolik 28 ta, О‘tkazilgan brifinglar soni 2 ta, Rasmiy munosabatlar soni 3 tani tashkil etadi.
 
6. Soha tizimidagi talim muassasalari faoliyati
Viloyatda 15 ta bolalar musiqa va san’at maktablari hamda 1 ta ixtisoslashtirilgan san’at maktabi faoliyat yuritmoqda.
Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi jami o‘quvchilar soni 3147 nafar. Jami pedagoglar soni 439 nafar. Shundan oliy ma’lumotli 45 %, o‘rta maxsus ma’lumotli 55 % ni tashkil etadi.
Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabidagi jami o‘quvchilar soni
257 nafarni tashkil etadi. Jami pedagoglar soni 143 nafarni tashkil etib, shundan oliy ma’lumotli 92 % ni, o'rta maxsus ma'lumotli 8 % ni tashkil etadi.
O‘quvchilar 16 ta xalqaro hamda 14 ta respublika tanlovlarida ishtirok etib, 9 ta Gran-pri, 59 ta 1-o‘rin, 62 ta 2-o‘rin, 72 ta 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
 
7. Murojaatlar bilan ishlash holati
Joriy yilning 6 oyi davomida virtual qabulxona orqali 24 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan 7 ta murojaat qanoatlantirilgan hamda 17 ta murojaatga tushuntirish berilgan.
 
8. Kadrlar tarkibi tahlili
Madaniyat boshqarmasi tizimida 1596 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan, 26 nafar magistr hamda 1002 nafar bakalavr xodimlardir.
Xodimlarning 1 nafari “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti hamda 5 nafar xodim “Madaniyat va san’at fidokori” nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 183 nafar xodimlarning malakasi oshirildi. Bulardan 86 nafari boshqaruv xodimlar hamda 97 nafari ijodiy xodimlar.  

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash