2025 yilning 3 choragida amalga oshirilgan ishlar
29 Sep, 2025 - 10:00
4
Infografika
1. Teatrlar faoliyati bо‘yicha tahliliy kо‘rsatkichlar
Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufida 2 ta (viloyat musiqali drama hamda viloyat qо‘g‘irchoq) teatri faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu teatrlar tomonidan 557 marotaba spektakl namoyishlari tashkil etildi. Shundan, teatrlar binosida 340 marotaba hamda gastrol va kо‘chma spektakllar 217 marotaba tashkil etildi.
Mazkur spektakllarga 139 143 nafar tomoshabinlar qamrab olindi. Spektakllarga sotilgan chiptalarda 512,9 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.
2. Konsert-tomosha tashkilotlari faoliyati
Viloyatda 3 ta (О‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bо‘linmasi, “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bо‘limi, О‘zbek milliy Maqom san’ati markazi viloyat bо‘limi) konsert-tomosha tashkilotlari faoliyat kо‘rsatmoqda. Ushbu tashkilotlar tomonidan 546 marotaba konsert-tomosha tadbirlari о‘tkazilgan bо‘lib, ushbu tomoshalarga 196 ming nafar aholi qamrab olingan. Ushbu tadbirlardan 359,7 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi. Shuningdek, konsert-tomoshalar tashkil etish uchun 63 marotaba murojaatlar kelib tushgan. Shundan 61 nafar san’atkorlarga litsenziya taqdim etilgan va 20,9 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topilgan. Noqonuniy konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga qarshi 21 marotaba reyd tadbirlari tashkil etilgan.
3. Madaniyat markazlari faoliyati
Viloyatda 37 ta madaniyat markazlari mavjud.
Ushbu madaniyat markazlarida 141 ta tо‘garak, studiya va badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etilgan bо‘lib, 1 494 nafar aholi va yoshlar qamrab olingan.
Bugungi kunda madaniyat markazlari qoshida 32 ta “Xalq” va “Namunali” unvonga ega jamoalar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Shundan 29 tasi xalq havaskorlik jamoalari hisoblanib, 3 tasi “Namunali” bolalar jamoasi bо‘lib ushbu jamoalardagi ishtirokchilar soni
639 nafarni tashkil etadi.
Mazkur madaniyat markazlari tomonidan jami 2374 ta tadbir о‘tkazilgan bо‘lib, ushbu tadbirlarga 615 491 nafar aholi va yoshlar qamrab olindi. Konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish orqali 381,7 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topilgan.
4. Madaniyat va san’at sohasida ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga oid tahliliy kо‘rsatkichlar.
Jizzax viloyatida madaniyat va san’at sohasida ommaviy axborot vositalarida jami 2291 ta materiallar e’lon qilingan.
Shundan, bosma nashrlarda berilgan maqolalar soni 51 ta, ijtimoiy tarmoqlarda berilgan xabarlar soni 1900 ta, telekanallardagi chiqishlar soni 205 ta, internet nashrlari 35 ta, Tashkil etilgan matbuot anjumanlari soni 2 ta, press tur 1 ta, О‘tkazilgan brifinglar soni 3 ta, faoliyat targ‘ibotiga oid videorolik 91 ta, Rasmiy munosabatlar soni 3 tani tashkil etadi.