1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar
07 Apr, 2025 - 11:00
53
Infografika
Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi tizimida 2025 yilning
1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOT
1. Teatrlar faoliyati bо‘yicha tahliliy kо‘rsatkichlar
Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufida 2 ta (viloyat musiqali drama hamda viloyat qо‘g‘irchoq) teatri faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu teatrlar tomonidan 145 marotaba spektakl namoyishlari tashkil etildi. Shundan, teatrlar binosida 63 marotaba hamda gastrol va kо‘chma spektakllar 82 marotaba tashkil etildi.
Shuningdek, 32 marotaba bepul spektakllar hamda 113 marotaba pullik spektakllar namoyishi etilgan bо‘lib, 28 400 nafar tomoshabinlar qamrab olindi. Spektakllarga sotilgan chiptalarda 122,7 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.
2. Konsert-tomosha tashkilotlari faoliyati
Viloyatda 3 ta (О‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bо‘linmasi, “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bо‘limi, О‘zbek milliy Maqom san’ati markazi viloyat bо‘limi) konsert-tomosha tashkilotlari faoliyat kо‘rsatmoqda. Ushbu tashkilotlar tomonidan 127 marotaba (27 tasi pullik) konsert-tomosha tadbirlari о‘tkazilgan bо‘lib, ushbu tomoshalarga 36 340 nafar aholi qamrab olingan. Ushbu tadbirlardan 71,5 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topildi.
Shuningdek, konsert-tomoshalar tashkil etish uchun 8 marotaba murojaatlar kelib tushgan. Shundan 8 nafar san’atkorlarga litsenziya taqdim etilgan va 4,6 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topilgan. Noqonuniy konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga qarshi 8 marotaba reyd tadbirlari tashkil etilgan.
Madaniyat markazlari faoliyati
Viloyatda 37 ta madaniyat markazlari mavjud.
Ushbu madaniyat markazlarida 136 ta tо‘garak, studiya va badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etilgan bо‘lib, 1 473 nafar aholi va yoshlar qamrab olingan.
Bugungi kunda madaniyat markazlari qoshida 31 ta “Xalq” va “Namunali” unvonga ega jamoalar faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Shundan 29 tasi xalq havaskorlik jamoalari hisoblanib, 2 tasi “Namunali” bolalar jamoasi bо‘lib ushbu jamoalardagi ishtirokchilar soni
611 nafarni tashkil etadi.
611 nafarni tashkil etadi.
Mazkur madaniyat markazlari tomonidan jami 545 ta tadbir о‘tkazilgan bо‘lib, ushbu tadbirlarga 162 848 nafar aholi va yoshlar qamrab olindi. Konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish orqali 211,9 mln.sо‘m mablag‘ ishlab topilgan.
4. Nomoddiy madaniy meros yо‘nalishi bо‘yicha
Jizzax viloyatida Nomoddiy madaniy merosning mahalliy rо‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni 171 tani, nomoddiy madaniy merosning milliy rо‘yxatiga kiritilgan obyektlar soni 69 tani tashkil etadi.
Shundan yо‘nalishlar bо‘yicha
О‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari 38 ta;
Ijrochilik san’ati 46 ta;
Jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari 39 ta;
Tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar 10 ta;
An’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va kо‘nikmalar 38 ta.
Bugungi kunda 6 ta ekspeditsiyalar uyushtirilgan bо‘lib, shundan mahalliy ekspeditsiyalar soni 6 tani tashkil etadi.
Nomoddiy madaniy merosni targ‘ib qilish va ommalashtirish bо‘yicha 22 marotaba OAVlarda kо‘rsatuvlar namoyish etildi va 8 marotaba maqolalar chop etildi.
Nomoddiy madaniy merosni hujjatlashtirish va arxivlashtirish maqsadida 5 ta yozma, 11 ta audio hamda 10 ta video materiallar tayyorlandi.
5. Madaniyat va san’at sohasida ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga oid tahliliy kо‘rsatkichlar.
Jizzax viloyatida madaniyat va san’at sohasida ommaviy axborot vositalarida jami 578 ta materiallar e’lon qilingan.
Shundan, bosma nashrlarda berilgan maqolalar soni 25 ta, ijtimoiy tarmoqlarda berilgan xabarlar soni 472 ta, telekanallardagi chiqishlar soni 75 ta, Tashkil etilgan matbuot anjumanlari soni 1 ta, О‘tkazilgan brifinglar soni 2 ta, Rasmiy munosabatlar soni 3 tani tashkil etadi.
6. Joriy yilning 29-31-mart kunlari viloyatimizning chekka va olis hududlaridagi 27 ta mahallalarda “Navrо‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayllari tashkil etildi.
"Vatan yagonadir, vatan bittadir" shiori ostida "Millatlar dо‘stligi" bayram sayllarida turli millat va elatlarning vakillari bilan birgalikda milliy taomlar, milliy kiyimlar kо‘rgazmalari, milliy xalq о‘yinlari hamda teatr aktyorlari, estrada xonandalari, folklor etnografik xalq ansambllari ishtirokidagi konsert dasturlari namoyish etildi.
7. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Aholiga madaniy xizmat kо‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi PQ-406-sonli qarori asosida joriy yilning 9-aprel kuni Dо‘stlik tumani “Yoshlar” bog‘ida О‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Shodlik” ansamblining konsert dasturi tashkil etildi. Konsert dasturiga 3 ming nafarga yaqin aholi qamrab olindi. Shuningdek, 10-aprel kuni Arnasoy tumani markazidagi istrohat bog‘ida ham “Shodlik” ansamblining konsert dasturi tashkil etildi. Ushbu konsert dasturiga 2700 nafardan ortiq aholi qamrab olindi.
8. 2021-yilning 7-iyun kuni “О‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash tо‘g‘risida”gi Qonun imzolangan.
Shu munosabat bilan har yili 15-aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Joriy yilda ham ushbu sanani yuqori saviyada tashkil etish va о‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.