2025-yilning 6 oyi davomida Madaniyat va san’at  soahsida  amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar

03 Sep, 2025 - 10:00
21
2025-yilning 6 oyi davomida Madaniyat va san’at   soahsida  amalga oshirilgan ishlar hamda  erishilgan yutuqlar

hisobot

Viloyat madaniyat boshqarmasi tizimdagi tashkilot va muassasalar tomonidan jami 2196 ta teatr tomoshalari, konsert dasturlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, tashkil etildi. Ushbu tadbirlarga 566 ming nafardan ortiq aholi qamrab olindi.

Viloyatdagi 2 ta teatr faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan 1 mlrd.sо‘mdan homiylik mablag‘lari ajratildi hamda teatrlarga tomoshabinlar soni 12 foizga oshirildi. Jumladan:

2025 yilning 6 oyi davomida reja asosida 4 ta yangi spektakllar sahnalashtirildi, shundan 2 tasi milliy, 2 tasi xorijiy sahna asarlaridir.

Teatrlarda 331 ta spektakl seanslari о‘tkazilib, ularga 82 ming nafardan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Ushbu tomoshalarga sotilgan chiptalardan 281,7 mln.sо‘mga yaqin mablag‘ ishlab topildi.

 

-Konsert-tomosha tashkilotlari tomonidan 446 ta konsert-dasturlari tashkil etilgan bо‘lib, ushbu tadbirlarga 96 ming nafardan ortiq aholi qamrab olindi. Ushbu tadbirlardan
227,6 mln.sо‘mga yaqin mablag‘ ishlab topildi.

 

-shahar, tumanlar madaniyat bо‘limlari hamda madaniyat markazlari tomonidan 1419 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar, hisobot konsertlari, ommaviy bayramlar va xalq sayllari, kasb bayramlari, davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda marosim va tantanalar tashkil etilgan bо‘lib, ushbu tadbirlarga 388 ming  nafardan ortiq aholi qamrab olindi.

Bundan tashqari,

Joriy yilning 6 oyi davomida yosh iste’dodlarining 131 nafari xalqaro, 137 nafari respublika tanlovlarida ishtirok etib, 9 nafari gran-pri, 59 nafari 1-о‘rin, 62 nafari 2-о‘rin, 72 nafari 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Xususan, Respublika miqyosida о‘tkazilgan “Yangi yil yulduzlari”, "Buxoro sadolari", "Ijod bahori", "Bahor malikasi", “Yosh ijrochilar” kabi kо‘rik-tanlovlar nafaqat iste’dodlarni yuzaga chiqarish, balki ularni xalqaro maydonga olib chiqish uchun mustahkam poydevor bо‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi tanlovlar orqali ijodkorlar о‘z mahoratini namoyon etish bilan birga, boshqa hududlardagi tengdoshlari bilan tajriba almashish imkoniga ega bо‘lmoqdalar.

Xalqaro miqyosda ham viloyatimiz ijodkorlarning ishtiroki yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, “Saz elemi”, "Jahon yoshlar san’ati", "Biz baxtli bolalarmiz", “Musiqa tasviri”, “Tasviriy va amaliy san’at festivali”, “San’at sehri”, “Dance battle”, “New talents”, “Korabl Znaniy”, “An’anaviy xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali” hamda Navrо‘z sadolari milliy cholg‘ular kо‘p ovozli ansambl va orkestrlari XI  xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etib, turli yо‘nalishlarda g‘oliblikni qо‘lga kiritishdi. Ijodkorlarimiz nafaqat san’atni targ‘ib qilishmoqda, balki О‘zbekiston madaniy merosining boy va rang-barangligini jahon sahnasida namoyon etishmoqda.

Shuningdek,

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan SH.Rashidov tumani  8-son bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi о‘qituvchisi Mexribon Abdurazoqova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan;

Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi о‘qituvchisi Sherzod Ergashev "Vatan iftixori" kо‘krak nishoni bilan taqdirlangani barchamiz uchun quvonarli xol bо‘ldi desam, adashmagan bо‘laman.

Bundan tashqari,

5-8 may kunlari О‘zbek milliy Maqom san’ati markazi viloyat bо‘limining ijodiy jamoasi gastrol safari bilan Ozarbayjon Respublikasida bо‘lib, ushbu davlatda “О‘zbekiston madaniyat kunlari” tadbirlari tashkil etildi.

Shuningdek, 19-20 iyun kunlari viloyat musiqali drama teatri jamoasi xizmat safari bilan Ozarbayjon davlatiga tashrif buyurib, Ozarbayjon drama teatri hamda Jizzax viloyati musiqali drama teatri о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Jizzax shahar, Zomin, Baxmal tumanlarida 3 marotaba “Madaniyat karvoni” konsert dasturlari tashkil etildi.

Madaniyat markazlari tomonidan о‘zarolik tamoyili asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida “Jizzax madaniyat kunlari” tadbirlari tashkil etildi.

 

2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan hamda soha tizimidagi ta’lim muassasalarida elektr energiya tejamkorligiga erishish maqsadida 13 ta bolalar musiqa va san’at maktablariga 86 kilovat quyosh  panellari о‘rnatildi.

 

 “Yashil makon” loyihasi doirasida madaniyat muassasalarida bо‘sh turgan yerlarga 7100 tup mevali va manzarali daraxt kо‘chatlari ekildi.

 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-112-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maxalliy byudjet mablag‘i xisobidan barcha madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari 1 mlrd. 472 mln.sо‘mlik 4 turdagi ya’ni, tanbur, dutor, dо‘mbira va nay kabi 1978 dona musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlandi.

 

“Open byudjet” dasturi doirasida Arnasoy tumani 5-son bolalar musiqa va san’at maktabi 533 mln.sо‘mlik qattiq va yumshoq mebellar, zamonaviy musiqa cholg‘ulari, 11 dona  kompyuter jamlanmasi, 5 dona istish-sovutish moslamasi, 1 komplekt ovoz kuchaytirish moslamasi hamda sahna bezaklari bilan ta’minlandi.

 

Bundan tashqari,

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani о‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan о‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi PQ-391-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hududidagi umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati fani о‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlantirish kunlari” doirasida bolalar musiqa va san’at maktablarida  seminarlar va mahorat darslari tashkil etildi.

 

Joriy yilning 25 fevral kuni ilk bor Jizzax tajribasi sifatida Sharof Rashidov tumani 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Sozim sadosi” о‘zbek xalq cholg‘ulari viloyat kо‘rik-tanlovi о‘tkazildi.

 

“О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist”lar, teatr aktyorlari, sozandalar, rassomlar, tajribali pedagoglar hamda el ardog‘idagi ustoz san’atkorlar ishtirokida 40 ga yaqin “Mahorat darsi” hamda “Ijodiy uchrashuv”lar tashkil etildi.

 

Reja asosida 40 nafar pedagoglarning о‘z yо‘nalishlari bо‘yicha malakasi oshirildi.

2024/2025-о‘quv yilida Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda bolalar musiqa va san’at maktablarini 313 nafar о‘quvchilar tamomladi hamda bitiruvchilarga maxsus guvohnomalar topshirildi.

 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023 yil 22 dekabr kuni о‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bо‘yicha 50-son bayonining 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida mahalliy byudjetning qо‘shimcha manbalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Arnasoy tumani 4-son va Zarbdor tumani 17-son madaniyat markazlari binosi joriy ta’mirlanib hamda jihozlanib, foydalanishga topshirildi.

 

Viloyat kо‘zi ojizlar maxsus kutubxonasiga mahalliy byudjetdan 92 mln.sо‘m mablag‘ ajratilib, 48 nomdagi 391 ta Brayl yozuvidagi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlandi.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash