2024-yil yakunlari yuzasidan hisobot

17 Mar, 2025 - 15:00
43
2024-yil yakunlari yuzasidan hisobot

hisobot

2024-yil davomida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HISOBOT

Viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufida jami 59 ta madaniyat va san’at muassasalari jumladan,ta teatr, 1 ta ixtisoslashtirilgan hamda 15 ta bolalar musiqa va san’at maktablari, 37 ta madaniyat markazlari, ta kо‘zi ojizlar kutubxonasi, 1 ta О‘zbekiston davlat filarmoniyasi, 1 ta “О‘zbekkonsert” davlat muassasasi, 1 ta О‘zbek milliy Maqom markazi viloyat bо‘limlari faoliyat kо‘rsatmoqda.

Ushbu madaniyat muassasalarida 1674 nafar soha xodimlari samarali mehnat qilib kelmoqda.

Tizimdagi tashkilot va muassasalar tomonidan 2024-yil davomida jami 2753 ta teatr tomoshalari, konsert dasturlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, tashkil etildi. Ushbu tadbirlarga 752 ming nafardan ortiq aholi qamrab olindi.

Jumladan,

-Teatrlarda 316 ta spektakl seanslari о‘tkazilib, ularga 98 ming nafardan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Ushbu tomoshalarga sotilgan chiptalardan 590 mln.sо‘mga yaqin mablag‘ ishlab topilgan.

2024 yil davomida reja asosida 8 ta yangi spektakllar sahnalashtirildi, shundan 6 tasi milliy, 2 tasi xorijiy sahna asarlaridir.

-Konsert-tomosha tashkilotlari tomonidan 441 ta konsert-dasturlari tashkil etilgan bо‘lib, ushbu tadbirlarga 97 ming nafardan ortiq aholi qamrab olindi. Ushbu tadbirlardan 483 mln.sо‘mga yaqin mablag‘ ishlab topilgan.

-shahar, tumanlar madaniyat bо‘limlari hamda madaniyat markazlari tomonidan 1996 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar, hisobot konsertlari, ommaviy bayramlar va xalq sayllari, kasb bayramlari, davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda marosim va tantanalar tashkil etilgan bо‘lib, ushbu tadbirlarga 557 ming  nafardan ortiq aholi qamrab olindi.

Bundan tashqari,

2024 yil davomida madaniyat va san’at yо‘nalishida jami 94 ta  kо‘rik-tanlov va festivallarda shundan, 43 ta xalqaro, 51 ta respublika tanlovlarida 72 nafar ijodkorlar ishtirok etib, g‘oliblikni qо‘lga kiritishdi.

Jumladan,

2024-yil 8-13-sentabr kunlari Forish tumani "Bog‘don" folklor etnografik xalq ansambli Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida bо‘lib о‘tgan butunjahon kо‘chmanchilar о‘yinlari festivalida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, 2024 yilning 21-27 oktabr kunlar Turkiyaning Maltepe shahrida о‘tkazilgan “VI – xalqaro Maltepe” teatr festivali hamda Anqara shahrida bо‘lib о‘tgan “XVI – ethos Anqara” xalqaro teatr festivallarida viloyat musiqali drama teatri jamoasi faol ishtirok etib qaytdi.

“Ona zamin ohanglari” teletanlovining respublika bosqichida Forish tumani badiiy jamoasi 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

 

Shuningdek,

8 ta hududda (Jizzax shahar, G‘allaorol, Zomin, Zarbdor, Paxtakor, Sharof Rashidov, va Baxmal tumanlari) 10 marotaba “Madaniyat karvoni” konsert dasturlari tashkil qilindi.

Hududlardagi madaniyat muassasalari tomonidan о‘zarolik tamoyili asosida boshqa hududlarga gastrol safarlarini, hududning “Madaniyat kunlari” tadbirlarini tashkil etish an’anaga aylanib bormoqda.

2024 yilda Arnasoy tuman madaniyat bо‘limi Andijon viloyatida, G‘allaorol tuman madaniyat bо‘limi Qashqadaryo viloyatida, Paxtakor tuman madaniyat bо‘limi Namangan viloyatida, Baxmal tuman madaniyat bо‘limi Samarqand viloyatida, Jizzax shahar madaniyat bо‘limi Farg‘ona viloyatida hamda Sharof Rashidov tuman madaniyat bо‘limi ijodiy jamoalarining Xorazm viloyatida konsert dasturlari tashkil etildi.

Forish tumanida Navoiy viloyati madaniyat kunlari, G‘allaorol tumanida Surxondaryo viloyati madaniyat kunlari, Arnasoy tumanida Namangan viloyati madaniyat kunlari, Zarbdor tumanida Toshkent viloyati madaniyat kunlari, Baxmal tumanida Samarqand viloyatining madaniyat kunlari tashkil etildi.

Jizzax viloyati namunali maqom ansambli ijodiy jamoasi tomonidan fevral oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mart oyida Xorazm viloyati, aprel oyida Navoiy viloyati, may oyida Surxondaryo viloyati, iyun oyida Toshkent viloyati hamda iyul oyida Buxoro viloyatida  о‘zlarining jonli ijrodagi konsert dasturlarini namoyish etishdi.

Viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati, shuningdek, viloyat qо‘g‘irchoq teatri tomonidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida teatr tomoshalari namoyishi tashkil etildi.

Shuningdek, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari musiqali drama teatri, Andijon viloyati qо‘g‘irchoq teatri, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri,  О‘zbekiston davlat satira teatri, Samarqand viloyati rus drama teatri, О‘zbek milliy akademik drama teatri, “О‘zbeksirk” davlat muassasasi, Askiya va qiziqchilar ijodiy jamoalari tomonidan Jizzax viloyati aholisi uchun konsert-tomosha dasturlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlari maqom ansambllari hamda “Sо‘g‘diyona” О‘zbek davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri va Botir Zokirov nomidagi milliy estrada simfonik orkestri hamda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli tomonidan Jizzax viloyati aholisi uchun konsert-tomosha dasturlari tashkil etildi.

Madaniyat boshqarmasi tizimidagi ta’lim muassasalarida 3460 nafar о‘quvchi-talabalarga 625 nafar professor-о‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda.

2024 yilda reja asosida bolalar musiqa va san’at maktablariga 7 turdagi 79 ta milliy musiqa cholg‘ulari hamda 6525 ta uslubiy qо‘llanma va adabiyotlar yetkazib berildi.

Madaniyat boshqarmasi tizimidagi madaniyat markazlarida 135 ta tо‘garak, studiya va badiiy havaskorlik jamoalari faoliyat olib bormoqda.

Tashkil etilgan tо‘garak, studiya va badiiy havaskorlik jamoalariga 1814 nafar yoshlar qamrab olingan.

2024 yilning о‘tgan davri mobaynida ushbu madaniyat markazlari 10 ta ovoz kuchaytirish moslamalari, 7 turdagi 150 ta musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlandi.

Chekka va olis hududlar aholisi uchun madaniy xizmat kо‘rsatish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida 5 ta madaniyat bо‘limlari maxsus avtotransport (Damas) vositalari bilan ta’minlandi.

Boshqarma tizimida kо‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi hamda tumanlarda 8 ta (Arnasoy, Baxmal, SH.Rashidov, Mirzachо‘l, Forish, G‘allaorol, Paxtakor, Dо‘stlik) filiallari mavjud. Bugungi kunda mazkur kutubxonalarga 8197 nafar (2192 mingdan ortig‘i kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchilar) foydalanuvchi qamrab olingan.

Kutubxonalar fondi foydalanuvchilar qiziqishlaridan kelib chiqqan holda jami 2647 taga boyitildi.

Yangi olingan adabiyotlarning 33 tasi Brayl shriftidagi, 2614 tasi bosma harfli kitoblarga tо‘g‘ri keladi.

Barcha sohalarda bо‘lgani kubi madaniyat va san’at sohasida ham raqamlashtirish IT sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Boshqarma va tizimdagi 53 nafar rahbar va boshqaruv xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda IT sohasidagi bilim va kо‘nikmalari oshirildi.

Sohada raqamlashtirishga mas’ul bо‘lgan 1 nafar xodim Xalqaro IT sertifikatiga ega bо‘ldi.

Bundan tashqari, erkin ijodkorlarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida “Kо‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi yо‘lga qо‘yilgan. Ushbu loyiha ishtirokchilari faoliyatini reyting asosida baholash va ularni rag‘batlantirish maqsadida stritart.uz” platformasi yaratilgan bо‘lib, ushbu platformaga viloyatimizdan 20 nafar ijodkorlarning ijod namunalari joylashtirilgan.

Yana bir yangi yо‘nalishlardan biri bu Davlat-xususiy sheriklik yо‘nalishi. Ushbu yо‘nalishda hozirgi kunda 1 ta Sharof Rashidov tumani Qorayantoq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 13-son “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi madaniyat markazi binosini  davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etish yuzasidan tashabbuskor tadbirkorlar bilan umumiy qiymati 3 mlrd. 900 mln. sо‘mlik davlat xususiy sheriklik bitimlari imzolanib, qurilish ishlari boshlangan.

Hozirgi kunda G‘allaorol tumani Lalmikor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 35-son “Yashnaobod” madaniyat markazini davlat xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan tadbirkor aniqlangan va barcha loyiha hujjatlari shakllatirilib, kelishish uchun madaniyat vazirligiga taqdim etildi.

Shuningdek, Zafarobod tumani  Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 16-son “Hulkar” madaniyat markazi binosini ham davlat xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarga berish rejalashtirilgan.

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash